47
uchuvchilarning, qurilmalarning va ehtiyot qismllarning turliligi bilan ajralib turadi.
Keyingi moliyaviy muammolardan biri bu yoqilg’I bo’lib, uning hozirdagi yuqori
narxi kompaniya uchun anchagina qimmatga tushmoqda. BA kompaniyasi oxirgi 4
yil mobaynida yo’lovchilar oqimi 32 mln va 35 mln orasida o’ynab turdi.
Bu esa
o’z navbatida o’sishning kamayganligini ham bildiradi.
Sayohat o’rinlarining umumiy qiymati tushib ketdi. Bu qiymat o’z navbatida
kompaniyaning sayohat qila olish qobiliyatini ham aniqlaydi. Bu to’xtab qolishning
asosiy sabablaridan biri shundaki, kompaniya o’zi rejalashtirganidek
yangi samalyot-
larni xarid qila olmagani edi. Bunday bo’lishiga sabab esa yoqilg’ining narxi
kutilmagan qiymatlarda ko’tarilgani bo’ldi.
BA Biznes segmenti. BA o’z daromadlarining asosiy iste’molchilari ya’ni segmen-
tini aniqladi. Ular 3 guruhga bo’linadi:
1. Yo’lovchi tashish reyslari (86 %);
2. Yuk tashish (7 %);
3. Aviatsiya injenerligi kabi (7 %).
Yo’lovchilarni tashish xizmati BA ning eng asosiy daromad manbai bo’lib, daro-
madining 86 %i ushbu segmentga to’g’ri keladi. Bunda asosan ekonom klass yoki
premium klass kabinalariga talab nihoyatda ko’p sanaladi.
Bu segmentning bazasi
Xitrou aeroportida bo’lib, segment yevropaliklar va transatlantic qo’nib o’tishlarga
mo’ljallangan.
Yuk tashish segmenti daromadning 7 %ini tashkil qilib, bu asosan Britaniya,
Janubiy Osiyo, Afrika va shimoliy Amerikalarni kesib o’tadi. Bunda eng ko’p talab
qilinadigan vosita bu juda katta e’tibor va tezlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi segment aviatsiya injenerligi bo’lib, u ham daromadning 7 %ini
tashkil
qiladi. Bu biznes segmenti kompaniyaning o’zini texnik jihatdan ta’minlovchi qismi
bo’lib, u alohida bir jamoa sifatida tuzilgan. Bu jamoa o’z texnik nosozliklarini tu-
zatadi hamda kompaniyaning flotlarini ko’zdan kechiradi. Shuningdek,
boshqa avia
operatorlarga o’zining cheklangan xizmatini ham taklif qiladi. Biroq bu guruh kom-
paniyani to’liq texnik ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Shu sababli ta’mirlash
uchun zaruriy xom- ashyolarni boshqa tashqi kompaniyalardan oladi. Shu tariqa u
narxlarni arzonlashtirishga va sifatni yuqori qilishga erishadi.
Quyida daromadlari bo’yicha bo’yicha eng yetakchi aviakompaniyalar guruhlari
ro’yxati: