.................................................................................. 55
2
Kirish.
Hozirgi kunda havo transporti juda o’ziga xos bir sanoat turi bo’lib, ko’plab
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
xizmat
turiga bo’lgan talab kundan- kunga oshib bormoqda. Havo transporti bugungi kunda
yangi bir sanoat turi bo’lgan
turizm bozorida, ayniqsa, keng imkoniyatlarni ochib
beryapti , desak to’g’ri bo’ladi. Chunki qaysi
bir maskan hududni olmaylik , u yerda
agar
transport sanoati, ayniqsa, agar havo transport vositalarining qatnovi keng tash-
kil qilingan bo’lsa, aynan o’sha
hududning oldinga siljishi, rivojlanishi tezlashadi.
Natijada, bordi- keldi aloqalari yo’lga qo’yilib, turistlar oqimi ham kengayadi.
Demak, agar turizm sohasini ma’lum bir hududda rivojlantirishga maqsad qilib
qo’yilsa, bunda albatta havo transportini rivojlantirish ham ko’zda tutiladi.
Dunyoda
ana shunday sanoat turlarini va ko’pgina sohalarni rivojlantirish uchun shunday ul-
kan aviakompaniyalar faoliyati keng yo’lga qo’yilyaptiki,
ular kundan- kunga
turistlar , iste’molchi, xaridorlarning yo’l mushkulotini osonlashtirmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi:
– “Xalqaro turizmni rivojlantirishda avi-
atsiya sohasiga ixtisoslashgan transmilliy kompaniyalarning o’rni ” bo’lib, dunyo mi-
qyosida keng faoliyatga ega bo’lgan aviakompaniyalar
qanday qilib turizm bozorin-
ing rivojiga hissa qo’shgan holda turistlar oqimini kengaytirishni yo’lga qo’yish
hamda ushbu aviakompaniyalar faoliyati bilan tanishib chiqishni ko’zda tutadi.