• Bitiruv malakviy ishining obyekti
  • Ushbu malakaviy bitiruv ishini yozishdan maqsad




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/26
    Sana29.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #266195
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari nn

    Ushbu malakaviy bitiruv ishini yozishdan maqsad
    - berilgan mavzu yuzasidan
    izlanishlar olib borib, turizm sohasining mutaxassisi sifatida kerakli bilim va
    ko’nikmalarni hosil qilish, oliygohda to’rt yil mobaynida olingan ta’lim bilan uyg’un
    holda har tomonlama yuksak darajadagi malakali kadrlar bo’lib yetishib chiqishga
    ko’maklashishdan iborat. 
    Bitiruv malakviy ishining obyekti:
    Ushbu malakaviy bitiruv ishi 2 bobdan iborat.
    Birinchi bob, mavzuning nazariy ahamiyatini o’rgansa, ikkinchi bo’lim esa, birinchi
    bobdan olgan nazariy bilimlarni bir aviakompaniya misolida amaliy faoliyati bilan
    tanishib chiqishni ikkinchi bob ko’zda tutadi. Shuningdek, ishning oxirida xulosa va
    takliflar, qo’shimcha ilovalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kabilar joy
    olgan. 
    Malakaviy bitiruv ishi o’z tarkibining birinchi qismida, xalqaro turizm bozorida
    aviatsiyaga ixtisoslashgan transmilliy kompaniyalarning muhim ahamiyati, turizm bi-
    lan aloqadorliklari, kompaniyaning ishlash tartiblari, vazifalari, band qilish tizmi,
    axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish yo’l- yo’riqlari, aviakompaniyalarning
    turoperatorlar, vositachi kompaniyala va iste’molchilar bilan bo’lgan aloqalari ka-
    bilarning nazariy qismlari kiritilgan. Ikkinchi qismda esa, amaliy qismlar yoritib
    berilib, ana shunday yirik kompaniyalardan biri bo’lmish British Airways aviakom-



     
    paniyasining ishlash faoliyati , joylashuv nuqtalari, turizm bozoridagi roli, tur opera-
    torlar bilan aloqalari, turistlar oqimi statistikasi va uning xizmatlari, moliyaviy 
    ko’rsatkichlari kabilarni qamrab oladi. 
    Malakaviy bitiruv ishining asosida bugungi kunda hali yosh bo’lgan yana bir
    sanoat turi bo’lmish turizmning rivojlanishida qanday qilib havo transporti harakati
    o’z hissasini qo’shishi mumkinligi haqida hamda dunyoning turli nuqtalarida joy-
    lashgan yoki bir- biriga qo’shni mamlakatlarning turistik maskanlari ne chog’lik mu-
    him ahamiyat kasb etishini o’rganib chiqish yotadi. Shunday ekan turizm sanoatini
    qo’llab- quvvatlash va rivojlanishiga yo’l ochib berish maqsadida aviakompaniyalar
    qanday xizmat ko’rsatish tartiblarini ishlab chiqishi lozimligi, tur operatorlar bilan
    bo’ladigan aloqalarda uzoq maqsadni ko’zlash kabi savollarga turli xil adabiyot-
    lardan foydalangan holda javob berishga harakat qildik. Shuningdek, turistlarni
    ko’proq ushbu xizmat turidan foydalanishlarini ko’zda tutuvchi strategik ishlash tart-
    iblari bilan tanishib chiqdik.

    Download 1,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu malakaviy bitiruv ishini yozishdan maqsad

    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish