Bitiruv malakviy ishining predmeti;
Oxirida shuni ta’kidlash zarurgi,
O’zbekistonda ham turizm sohasi endi rivojlanayotgan bir paytda aviatransportni
ham rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Turistlar oqimini O’zbekiston
hududida kengaytirish uchun ana shunday yirik aviakompaniyalar kabi ko’pgina
texnologik ustunliklarni qo’lga kiritishga harakat qilish O’zbekiston sharoitida ichki
va tashqi turizmni rivojlantirish uchun juda katta bir qadam bo’ladi.
4
I-
Bob. Xalqaro Turizm bozorida aviatsiyaga ixtisoslashgan transmilliy
kompaniyalar.
1.1 Aviatransmilliy xalqaro kompaniyalar va Xalqaro turizm o’rtasidagi
bog’liqlik.
Jahon xo’jaligida turizm sohasining rivojlanishi juda ko’plab omillarga taqaladi.
Bu asosan yer yuzining qaysi burchagida turistik resurslarning joylashuviga bog’liq.
Bu kabi resurslar tabiiy- geografik, tarixiy madaniy yoki turistik rekreatsion ma-
konlar guruhi bo’lishi mumkin.
Turizm sanoatini rivojlantirishda eng avvalo turizmning keng qamrovli infra-
strukturasini shakllantirish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, jahon miqyosida turizm bo-
zorida kuchli raqobatlar sharoitida eng mukammal infrastrukturaning mavjudligi mu-
vofaqqiyatlar garovi ekanligi Butun Dunyo Sayohat va Turizm Konsulligi tomonidan
tasdiqlangan. Bu infrastruktura o’z ichiga aeroportlar ularning turistik makonga
qulay joylashganligi , samalyotlarning sifati, yo’llar, avtotransportlar , temir yo’l va
bandargoh (bort)lar , shuningdek, asosiy infrastruktura xizmatlari bo’lgan mehmonx-
onalar, restoranlar, do’konlar va rekreatsion qulayliklarning mavjud bo’lishi
maqsadga muvofiq.
Shunday infrastrukturaning bir bo’g’ini bo’lgan aeroportlar to’g’risida mavzu borar
ekan, xalqaro turizmning rivojlanishida ularning ahamiyati qay darajada muhim
ekanligini hamda turizm bozorida aeroportlar qanaqa vazifani bajarayotganini
o’rganish asosiy masala bo’lib turibdi.
Dunyo bo’ylab turistik resurslar notekis joylashgan. Biroq inson o’z sayohatini
u uchun yangi bo’lgan ekzotik makonlarga amalga oshirishni istaydi va bunday hol-
larda notekis joylashgan turistik makonlarga qisqa muddatga borib kelish muammosi
yuzaga keladi. Ayni shu holat aviakompaniyalar xizmatidan unumli foydalanishda
asosiy omil hisoblanadi.
Global iqtisodiy o’sish, aviatsiya sohasining ham o’sishi uchun muhim rol
o’ynashi bilan birga ishlab chiqarishning ko’pgina sohalarining rivojlanishiga ham
o’z hissasini qo’shadi. Avvalo, aviaturlarning o’sishi xalqaro turizm geografiyasining
kengayishi bilan bog’liqdir. Biroq, turistik obyektlardan uzoqda joylashgan mamla-
katlar uchun avia transportning ahamiyati yanada oshadi.
Aviakompaniyalar o’zlarining asosiy ish faoliyatidan ya’ni havo tashuvidan o’z
zarariga ishlagan holda bir vaqtning o’zida mehmonxona va turfirmalarni va boshqa
moddiy jihatdan bu zararlarni qoplovchi manbalarni egallaydi. Zotan bu manbalar
ularning zararlarini qoplab berishi kerak. Biroq oxirgi yillarda boshqacha jarayon
5
ko’zga tashlanmoqda- bankrotlikka uchragan aviakompaniyalar o’zlarining iqtisodiy
mustaqilligini qo’ldan chiqaradi va natijada ulkan monopoliyalarga birlashadi. Bun-
day hollarda aviakompaniyalar yoki yirik dunyoga yetakchilik qilayotgan aviakom-
paniyalarga birlashadi yoki butun avia turistik kompaniyasiga asos solishadi. Bu ka-
bi avia turistik kompaniyalar turistlarni tashish bilan shug’ullanadi. Transmilliy inte-
gratsiyalashgan avia turistik kompaniyalar, ayniqsa, G’arbiy Yevropada ko’plab barpo
etilgan. Bunday hollarda, turistik kompaniyalar o’zlarining bosh aviakompaniyalarin-
ing doimiy yo’nalishdagi reyslarida va boshqa aviakompaniyalarning asosiy
yo’nalishi bo’yicha yollangan ya’ni charter usulidan foydalanib havo transportlarini
ishga tushirishadi.
Bunday kompaniyaga misol tariqasida “S7-Tur” turistik kompaniyani keltirish
mumkin va u “S7” aviakompaniyaning asosida barpo etilgan.
Turizm sanoatining asosiy qismi sifatida turmahsulot joylashgan va shakllantirilgan
hududlar hisoblanadi. Bunday hududlar dunyoning turli nuqtalarida joylashganligini
hisobga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, turizmning rivojlanishi ko’p
hollarda havo transportiga ham bog’liq ekan.
Turistik hududlarning muvaffaqiyatli barpo etilib, rivojlanishida sezilarli muammo
tug’dirayotgan shunday omillar borki, bularni hisobga olish ayni muddaodir. Shun-
day sifatlardan biri sifatida turistik potesialning notekis tarqalganligi va infra-
strukturaning turlicha rivojlanganligini keltirish mumkin. Tashqi va ichki bozorlarn-
ing ham oldinga siljishi uchun infrastruktura bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra
, ularni 3 guruhga bo’lish mumkin:
1.
Yuqori darajada rivojlangan;
2.
O’rta darajada rivojlangan;
3.
Past darajada rivojlangan hududlar.
Bunday taqsimot turistik zonalarda yanada samarali rivojlanish dasturlarini ishlab
chiqishga ko’maklashishi bilan regionlarning ijtimoiy- iqtisodiy holatiga ham yaxshi
ta’sir etadi. Shunday regionlar borki, u yerda ko’plab turistik zonalar bo’lishiga
qaramay, turistlarning oqimi juda past bo’ladi. Aynan ana shunday hollarda avia
transportning ahamiyati nihoyatda ortadi. Bunday regionga misol tariqasida Qora
dengizning Kavkaz qirg’oqlari, Afrika qit’sining ayrim xushmanzara regionlarini
keltirish mumkin.
Yo’lovchilar oqimi va ularning tashrifi o’z navbatida infrastrukturaning to’g’ri
o’rnatilganligiga ham bog’liq. Bunday muammolarning hal etilishi turistlar tashrifin-
ing reytingi oshishiga olib kelishi bilan birgalikda turistlarning dam olishlariga ko’p
xarajat qilishlarning oldini oladi va ularni kamxarj qiladi.
|