Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/26
Sana29.06.2024
Hajmi1,64 Mb.
#266195
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari nn

23 
 
2.
Charter reyslari buyurtmachining xohishiga binoan sana va vaqt istalgan pay-
tda belgilanishi mumkin bo’lib, bunda belgilangan hududda joylashgan aero-
port va aviakompaniyalar bilan kelishilib, harakat qiladi; 
3.
Charter aviareyslarining boorish destinatsiyasini buyurtmachi belgilaydi, biroq
bunda aeroportdan bu uchun maxsus rozilik olinadi (ayniqsa, yangi
yo’nalishlardagi charter reyslarda); 
4.
Ushbu reysda chiptani tarqatish huquqi faqatgina buyurtmachining o’zida
bo’lib, u istasa aviakompaniyaning chipta sotish xizmatidan foydalanishi ham
mumkin; 
5.
Narxlashtirish siyosatini tarflar, chegirmalar kabilarni ham aynan u belgilaydi. 
Charter reysining iqtisodiy jihatdan ma’nosi shundan iboratki, buyurtmachi sa-
londagi o’rindiqlarning o’rtacha narxini belgilash bilan birga uning to’lib to’lmaslik
tavakkalini o’z bo’yniga oladi. Charter yo’nalishi bortidagi o’rindiqlarning narxi 
doimiy parvozda bo’ladigan avia yo’nalish narxlaridan kamroq bo’ladi. Biroq charter
yo’nalishida yo’l haqining past narxi ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi mum-
kin. Masalan, xizmat sifatining pastligi, aerovokzaldagi va yerdagi xizmatlar sifat-
sizligi, parvoz vaqtining o’zgarishi mumkinligi yoki butunlay bekor qilinishi, charter
reyslarida xizmat ado etilmaganda pul qiymatini qaytarishda imkoniyatlarning chega-
ralanganligi (deyarli barcha tur operatorlar odatda, turist to’lagan pul qiymatini qay-
tarishmaydi) bunga misol bo’la oladi.
Charter reysi buyurtmachilari ham yuridik ham jismoniy shaxslar bo’lishi mum-
kin. Bu buyurtmachilar ko’p hollarda quyidagilar bo’lishi mumkin: 
o
Ulkan hajmdagi tur (sayohat) ni tashkillashtiruvchi va o’zini to’liq bort xizmatlari
bilan ta’minlovchi tur kompaniyalar; 
o
Bir necha tur operatorlar vaqtinchalik qo’shilishib, charter reyslardan foydalani-
shadi. Bunda ular o’rin joylarni taqsimlab olishib bloklarga bo’lishadi va ana shu
bloklarga ko’ra, buyurtmaga to’lovlar, chiptalar realizatsiyasidagi xavflar bel-
gilangan tartibda chegaralangan bo’ladi; 
o
Avia dalolchilar bo’lib, ular yo turistik kompaniya bilan yoki avia tashishga
ehtiyojmand tashkilotlar bilan bevosita aloqada ulgurji tarzda charter reyslariga
(o’rindiqlari ko’p bo’lgan holda) bloklab katta hajmda buyurtma berishadi. Bunday
buyurtmalar asosan charter samalyotlarga chegirmalar qo’yilganda sezilarni suratda
amalga oshiriladi. Bu dallollarning xizmati uchun haq to’lashga to’g’ri kelsa ham
ko’pgina tur operatorlar, tashkilotlar ularning xizmatidan foydalanadilar. Bunga
sabab esa ular aviakompaniyalar bilan kelisha olishmaydi. Chunki geografik jihat-
dan uzoqligi yoki tajribaning kamligi kabilar buni keltirib chiqaradi. Undan tashqari,
bu dallollardan samalyot ijaraga olish ancha foydaliroq. Masalan, vositachilar tur
operatorlar hohlagan blok va o’rindiqlarni kelishilgan narxda va qarzga berishlari


24 
 
mumkin, biroq aviakompaniyalar esa asosan charter reyslarda minimal
o’rindiqlardan iborat bloklarni berishadi va narxi ham ancha qimmat bo’ladi.
Kichik bo’lgan tur operatorlar ko’pincha bu kabi charter reyslardan foydalanishga
sira qurbilari yetmaydi. Turizm bozorida avia dallollar (broker) muhim ahamiyatga
egadirlar. Ularni aviakompaniyalar moliyaviy jihatdan qo’llaydilar. Ya’ni brokerlar
aviakompaniyalardan chegirmalarga asoslangan dasturlaridan foydalanib katta
hajmdagi charter bloklarini oladilar va uni turizm bozorida tur operatorlarning
xohishlar, imkoniyatlar va talablariga ko’ra bloklab, ularga ijaraga biroz yuqoriroq
narxlarda juda ko’p berishadi. 
o
Shaxsan aviakompaniya charter dasturlarini ham o’z samalyotlariga tashkillashtiri-
shi mumkin bo’lib, (ayniqsa, yoz mavsumida buni amalgam oshirish mumkin)
bundan ko’zlangan asosiy maqsad yangi destinatsiyalarni o’zlashtirish, mijozlarni
jalb qilish va qo’shimcha daromadga ega bo’lish hisoblanadi. 
Charter dasturlarning ko’rinishlar: 
1.
Bir martalik to’xtab kutish. Bu charter reysi turistlarni ham etish ham qaytarib
keltirishga mo’ljallangan bo’lib, bunda samalyot turistlarni belgilangan hududga
etgach, sayohat tugagancha ularni kutib turadi. Buyurtmachi uchun kutib turish bo’sh
bort bilan uchishdan ko’ra arzonroqqa tushadi (ya’ni turistlarnni qoldirib ketgach yana
olib ketish uchun qaytib kelish).charter tashishning bunday usulining qiymati yuqo-
riroq bo’ladi. Chunki uning xarajatlari kam foyda keltiradi. Doimiy reyslar bilan
solishtirganda bu iste’molchiga qimmatga tushishi mumkin. Bunday charterlar uchun
parvoz vaqti jadvali yo’q bo’lib, u asosan yo’lovchilar oqimi eng ko’paygan vaqtda
yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiq. Bunday vaqtlarda (yangi yil yoki olimpiada
o’yinlari kabi) narxning qiymati iste’molchilar uchun kam ahamiyat kasb etadi. 
2.
Shatl- charter bo’lib, bunda birinchi dasturdan farqli o’laroq, harter reys sayo-
hat joyida kutib turmaydi balki, yo’nalish bo’yicha qatnaydi. Bu esa charter dastur-
ini tashkil qiladi. Bu reys mavsumiy hisoblanadi. Biroq bunda buyurtmachi 2 marta
bo’sh bort uchun xarajatga tushib qoladi. Birinchi marta samaalyot destinatsiyaga
turistlarni olib kelish uchun jo’naydi va to’plangan turistlarni u sayohat joyiga
tashiydi. Ikkinchi marta bo’sh qaytishi esa mavsum oxirida qaytayotganda sodir
bo’ladi. Bu esa mavsum tugagancha davom etadi. Tur operatorlar bunday charter
reyslardan katta foydaga ega bo’lishadi. Bo’sh ketayotgan o’rin joylar mavsum pay-
tida eng avjiga chiqqan paytidagi parvozlar orqali zarari qoplanadi. Chunki bunday
charter reysida o’zining narxlashtirish siyosati mavjud. Unga ko’ra mavsum bosh-
langan davrdan boshlab narxlar o’rtacha narxdan boshlanib, eng avjidagi nuqtaga
yetganga qadar narxlar sekinlik bilan ko’tariladi. Mavsum oxirlab qolganda yana pa-
sayadi. 
3.
Split- charter -- bu charter reysi yuqoridagilardan farq qilib, uning amalga
oshadigan reys parvozi “bo’linib” amalga oshiriladigan sayohat deb atalishi ham
mumkin. Bunda charter reysidan transit tarzda foydalaniladi. Masalan, ma’lum bir
tur firma agar Rostov shahridan Bankokga bormoqchi bo’lsa, u Toshkent orqali u


25 
 
yerga boradi. Ya’ni Rostovdan Toshkentgacha doimiy reyslarda kelsa, Toshkentdan
Bankokga Split-charter reysida boradi. Qaytishda ham shunday Bankokdan Tosh-
kentgacha charter reysda, Toshkentdan Rostov shahriga esa doimiy reyslarda bor-
ishadi. Bu charter reysi ancha arzonroqdir. Agar tur operator ushbu reysdan foyda-
lanmoqchi bo’lsa, u transit aeroport vakillari va aviakompaniya bilan shartnoma
tuzishi, kelishishi kerak bo’ladi. 
4.
Yarim charter tashish. Bu ham Split charter kabi izohlanadi. Biroq bunda 2 ta 
reys ham 2 ta buyurtmachi, 2 ta turoperator ishtirok etadi. Ular ham transit tarzida
amalgam oshiriladi. 

Download 1,64 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari

Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish