Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana29.06.2024
Hajmi1,64 Mb.
#266195
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari nn

21 
 

Samalyotda yoqilg’I kerakli miqdorda bo’lishi shart. 
Yo’lovchi va aviakompaniyalarning o’z huquq va majburiyatlari bo’lgani kabi ular
o’rtasida o’zaro bitim hujjati -- chipta ham bo’ladi.
Zamonaviy turizmni rivojlantirish hamda uni tashkillashtirishda juda ko’plab
transport, savdo, ishlab chiqarish, bank, sug’urta va boshqa korxonalarning ichiga
kirib borish va ular xizmatidan foydalanishga olib keladi. Transport ham individual
ham guruhiy turistlarga xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishgan. Bunda ayniqsa,
o’zlarining xususiy mehmonxonalar taklifi bilan aviakompaniyalar muhim ahamiyatga
ega. Deyarli barcha transmilliy aviakompaniyalar o’zlarining keng qamrovli
turistlarga xizmat ko’rsatuvchi mehmonxona komlekslariga egalar. Shunga ko’ra,
Amerikaning ulkan transmillliy aviakompaniyasi 36ta mamlakatda o’zining “Hilton
International” mehmonxonalar zanjirini tashkil qildi. Boshqa transmilliy aviakom-
paniyalar ham shu kabi o’z mehmonxonalariga egalar. Bunga misollar tariqasida
“KLM” (Gollandiya) transmilliy aviakompaniyasi, “CAC” (Skandinaviya), “BA”
(Buyuk Britaniya) kabilarni aytish mumkin.
Aviakompaniyalarning keng tarqalishi asosan o’z filiallarini va tur operatorlik
firmasini keng tartibda yo’lga qo’yishi evaziga amalga oshmoqda. Kompaniya turli
xil ichki maxsus tur paketlarni yaratib, o’z tarkibidagi aviakompaniyaning samalyot-
laridan tashish uchun foydalanadi. 
Hozirda deyarli barcha G’arbiy Yevropa aviakompaniyalari o’zlarining filial
charter aviakompaniyalari va tur operatorlik firmalariga egalar. Bu aviakompaniya-
larni endi faqatgina o’z mehmonxona bazalari qoniqtirmay qo’ydi. Natijada, ular
tur operatorlarning barcha xizmat ko’rsatish turlarini yo’lga qo’yishmoqda. Bu nafa-
qat turistlarga xizmat balki ish yuzasidan amalgam oshiriladigan sayyohlar uchun
ham xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olmoqda. 
Aviakompaniyalarning faol siyosati asosan aviatashish hajmini ko’paytirishga
qaratilgan. 
Fuqarolarning Xalqaro Aviatsiya Tashkiloti IATA (International Aviation Transport 
Assosiation )ning bergan ma’lumotiga ko’ra, Yevropaning (Turkiya ham kiradi) 8 ta
mamlakatida yo’lovchilarni havo transporti orqali tashish hajmi (1998-yildan) 573,1
mln odamdan (2015 yilgacha) 1,17 mlrd odamgacha o’sishi kutilmoqda. Buni foiz
ulushda 105,6 % ko’payish deb qarash mumkin. 
Turistik transport sistemasi boshqaruvini optimallashtirish uchun eng avvalo
turistlarni tashishdagi talablarini bilish lozim. Bunda hayot sifatini yaxshilash va
iste’molchilarning bo’sh vaqtiga qarab turizmni tashkillashtirish muhim sanaladi. 
Hududlararo transport aloqalarni rivojlantirish turistik hududlar tizimlarini
rivojlantirishga ko’mak beradi. 


22 
 
Zamonaviy sistemasini rivojlantirish dunyoda 3 ta asosiy tendensiyalarga bog’liq. 
Birinchisi, tashish sifatining yuqoriligi, qulayligi, xavfsizligi, energiya xarajatlarin-
ing qisqartirilishi va atrof muhit ekologiyaga salbiy ta’sirining qisqartirilishi inobatga
olinadi. 
Ikkinchi tendensiya sifatida, ilmiy- texnik jarayonlarning tashishni tashkil-
lashtirishda texnologiyadan foydalanishlari samaradorligi hisobga olinadi. Bunga mi-
sol tariqasida havo transportini keltirish mumkin. Chunki xalqaro turizmning
rivojlanishida yangi keng qamrovga ega bo’lgan charter samalyotlari o’z hissasini
qo’shdi. Bunda samalyotga mantiqiy transport vositasini boshqarish sistemasi
yo’lga qo’yilgan edi. Bu sistema orqali transportlar to’g’ri taqsim qilinib
boshqarilardi. 
Transport sistemasini rivojlantirishning uchinchi jarayoni davlatning bu ten-
densiyaga ta’siri inobatga olinadi. Ko’plab sanoatlashtirilgan rivojlangan mamla-
katlarda transport tizimi boshqa xo’jalik sohalaridan ko’ra ko’proq nazorat va
faoliyatning rivojlantirilishi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Chunki bu tizim
mamlakatning butun bir iqtisodini rivojlantirishga, milliy xavfsizlikni ta’minlashga va
xo’jalik mahsulotlarning butun saqlanishi uchun asosiy vosita turi bo’lib hisobla-
nadi. Jamiyat uchun ham aynan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, turli xil ushlanib
qolishlardan holi, o’z vaqtida kerakli manzilga yetkazib qo’yadigan transport vositasi
juda muhim. Bu esa o’z navbatida doimiy faoliyatda bo’lib turgan transport bo-
zoriga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. 
Bunday vaziyatda albatta davlatning bu bozorni qo’llab- quvvatlashi juda muhim
sanaladi. 
Turistik talabning asosiy xususiyatlaridan biri, u transport vositalarini quyidagi
yo’nalishlarga ko’ra rivojlantirishga olib keladi. Bu texnik vositalarning tezligini
oshirish (reaktiv aviatsiya – 1000 km/soatdan ortiq; temir yo’l magistrali 300 km/s ga-
cha; yo’l avtomobillari 150 km/s tezlikkacha), yo’lda ketadigan vaqtni qisqartirish
bo’lib, to’g’ridan to’gri transport aloqalarini turistik oqimlarning asosiy
yo’nalishlarida o’rnatish. 
Yo’lovchilarni charter aviareyslarida tashish. 
Boshqa doimiy va to’liq aviareyslardan farqli ravishda uchish jadvalidan holi
bo’lgan charter avia yo’nalishi ham mavjudki, u o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular
quyidagicha: 
1.
Charter reyslari kimningdir buyurtmasiga asosan amalga oshiriladi, ya’ni avia-
kompaniya bilan aloqani barcha charter tashish xarajatlarini to’lashga undagi
chiptalar sotilishi xavf- xatarini o’z bo’yniga olishiga tayyor boshqa bir
tomonning mavjud bo’lishi; 



Download 1,64 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari

Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish