Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana29.06.2024
Hajmi1,64 Mb.
#266195
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari nn

Havo Yo’llari
Kodeks
iga kiritilgan. Ular quyidagilar:
1.
Yo’lovchi uchish joyida o’z vaqtida ro’yxatdan o’tish uchun kelishi shart
(odatda samalyot uchishidan 1-2 soat oldin). Buning uchun aviakom-
paniya xodimlari bu haqda ular xizmatidan foydalanayotgan va chipta olgan
mijozlarni ogohlantirishlari kerak. Odatda, vaqtni belgilashda turist kech qol-
masligi uchun qanaqa reysdan (ya’ni ichki yoki uzoq masofaga
mo’ljallanganligi, xalqaro, doimiy yoki charter reyslari uchun ketadigan vaqt)
foydalanishlari inobatga olinadi. 
Agar turist vaqtida yetib kela olmasa, uning o’rni bo’shatiladi va chipta narxi yo
qaytarilmaydi (charter reyslarda) yoki qisman qaytariladi (doimiy reyslarda). 
2.
Turist o’zi bilan yukini tashib borish huquqiga ega emas. Shuningdek, katta
hajmdagi, tez ayniydigan, o’q otuvchi qurollar (ovga va sport turiga
yo’naltirilganidan tashqari), portlovchi moddalar, qisilgan va yonuvchan gazlar,
tez yonuvchan suyuqliklar, zaharli va zaharlantiruvchi moddalar, o’tkir va
yemiruvchan moddalarni olib kirish ham taqiqlanadi; 
3.
Yo’lovchi uchish boshlangunga qadar o’z marshrutini, vaqtini va o’rnini,
o’zgartirish huquqiga ega. Agar yo’lovchi tashishda aviakompaniya uchishni
qoldirishga to’g’ri kelsa (ya’ni bu 1 soatdan oshib ketsa,chiptada ko’rsatilgan
reys va sanada yo’lovchini o’rniga joylashtirish imkoniyati bo’lmasa, chiptada
korsatilgan aeroportda qo’nish bo’lmasa, samalyot turning uning klassi bilan
bog’liq o’zgarish holatlarida, yo’lovchining yoki uning oila a’zolarining xiz-
matdan qoniqmagan holatlarida) chipta puli to’liq qaytariladi; 
4.
Yo’lovchi belgilangan normada tekinga o’z yuklarini o’tkazish huquqiga ega 
(ekonom klassda 20 kg; biznes klassda 30 kg; birinchi klassda 40 kg gacha
mumkin); 
5.
Uchish jarayonida havo transportining bortida yo’lovchii mobil aloqa
vositalaridan foydalanishi, electron o’yinlar o’ynashi, radio aloqalar va
shunga yaqin electron vositalardan foydalanish huquqiga ega emas. Eshitish
moslamalari va yurak stimulyatorlar bundan mustasno; 


20 
 
6.
Yo’lovchi aeroport zalida, havo transportining bortida bo’lgan vaqtida aero-
vokzalning va aviakompaniya xavfsizlik xizmatining ko’rsatmalari va tal-
ablarini bajarishga majbur. 
Tashuvchi aviakompaniyaning huquq va majburiyatlari: 

Bunda tashuvchilar yo’lovchilarga uchish mobaynidagi xavfsizlikni ta’minlash
va boshqa yo’lovchilarning ham xavfsizligi nuqtai nazaridan ayrim xaridorlarga
rad javobini berishlari ham mumkin. Bunday holler quyidagicha izohlanadi:
agar yo’lovchi bemor va hayotiga tahdid solayotgan biror bir sabab yoki
atrofdagilarga zarar keltiradigan bo’lsa, bunday yo’lovchilarni aviakompaniya
xavfsizlik nuqtai nazaridan rad etishlari mumkin va h.k. ; 

Agar uchishda xavfsizlikni ta’minlash uchun yo’lovchining o’rnini o’zgartirish
kerak bo’lsa, xuddi o’sha to’langan qiymatga mos boshqa o’ringa yo’lovchini
o’tkazishga tashuvchi kompaniya haqli; 

Agar yo’lovchilarning hujjatlarida biror- bir kamchiliklarga yo’l qo’yilgan
bo’lsa, yoki hujjat qalbakilashtirilgan bo’lsa, hamda biror- bir to’g’rilanishi
kerak bo’lgan xatoliklar bo’lsa, aviakompaniya bunday yo’lovchilarni ham rad
etishi mumkin; 

Tashuvchilar yo’lovchilarni jadval bo’yicha belgilangan nuqtaga borishni tash-
killashtirishga majburdir. Yo’lovchilar va ularning baggajlariga tahdid soluvchi
holatlar bundan mustasnodir; 

Tashish kompaniyalari yo’lovchilarda sodir bo’lgan jarohatlar, o’lim yoki jis-
moniy zarar yetkazishlar va uning yuklaridagi yetkazilgan zararlar uchun
mas’uliyatni o’z bo’yniga olmaydi, qachonki, u bunaqangi holatlar oldini olish
uchun barcha chora- tadbirlarni ko’rib qo’ygan bo’lsa; 

Tashuvchilar ro’yxatdan o’tkazilmagan yuk va qo’l yuki uchun javobgar emas; 

Fors- major holatlarda jadvallarni o’zgarishi va reyslarning bekor qilingani
uchun tashuvchi javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi. 
Havo transporti uchishiga yo’l qo’yiladi, agar: 

Fuqarolar samalyoti mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan yillik nor-
malarga javob bersa; 

Samalyot agar zavod, mamlakat va ekspluatatsiya sinovlariddan o’tgan va bu 
to’g’risida sertifikatga ega bo’lsa;

Bortda davlat ro’yxatidan o’tganligini ko’rsatuvchi belgi (muhr) lari bo’lsa; 

Uchish shart- sharoitlariga javob beradigan bo’lsa, samalyot ekipaji uchishga
tayyorlanadi va qo’yvoriladi; 



Download 1,64 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari

Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish