Bog'liq Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari nn
18 1.3 Aviakompaniyalarning hamkorlik aloqalari (tur operatorlar, dallolchi kom- paniyalar va h.k.) , istemolchilar bilan kechadigan aloqalar. Zamonaviy turizm bozorida tur operator va aviakompaniyalarning o’zaro aloqalari
juda muhim omil hisoblanib, bugungi kunda aviakompaniyalarning asosiy
iste’molchisi sifatida eng ko’p ulushni tur operatorlar egallamoqda. Ular o’z navbat-
ida buyurtma beruvchilar orasida yetakchilik qilishmoqda va bu o’z navbatidan geo-
grafik jihatdan xalqaro turizmning keng ko’lamda tarqalishiga imkoniyat
tug’diryapti. Yer sharining turli nuqtalarida joylashgan turistik ob’yektlar, kurortlar
va boshqa maskanlar turistlarning asosiy oqimi yo’nalishlariga aylanmoqda. Bu kabi
uzoq o’lkalarda okean-u, daryolar, sahro-yu tog’liklarni tez muddat ichida bosib
o’tadigan asosiy transport vositasi bu samalyot hisoblanadi. Yuqoridagi boblarda
ularning qulayliklari bilan tanishib o’tgandik. Undan tashqari, iste’molchilarning
sayohat qilishlari uchun uncha ko’p vaqtlari bo’lmaganligi bu sayohatning qisqa
vaqt mobaynida juda ko’plab joylarni sayohat qila olishi bu asosiy talablardan biri
bo’lib hisoblanadi. Shu tariqa, aviakompaniyalar bir haftalik kabi, sayohat uchun ju-
da ko’plab destinatsiyaga borish mumkin bo’lgan imkoniyatni yaratib beradi.
Aviaturlarning keng miqyosda tarqalishi ushbu sayohat turi narxining kama-
yishiga olib keladi. Natijada, aviakompaniyalar zamonaviy turizm sanoatida juda
muhim ahamiyatga ega bo’lib qoldi.
Aviakompaniyalarni turizm sanoatida suprastruktura tarkibiga kiritish mumkin.
Chunki ular turistlarga xizmat ko’rsatishga chuqur yo’naltirilmagan. Biroq shunga
qaramay, u turistik oqimning aktivligiga qaysidir mavsumlarda kuchli ta’sir
ko’rsatadi.
Aviakompaniyalarning turistlar uchun asosiy xizmati bu havo orqali tashish
hisoblanadi. Aviatashish fuqarolar uchun juda maxsus xizmat turi bo’lib, asosan,
quyidagi holatlar sodir bo’lishi bilan o’ziga xosdir:
1.
Yo’lovchilar hayotiga va sog’ligiga zarar yetkazishi mumkinlik ehtimoli
mavjudligi bilan;
2.
Ob- havo sharoitlariga juda bog’liq bo’lib, fors- major holatlarida avia
transport to’liq to’ldirilishi kerak bo’ladi;
3.
Juda farqli o’laroq yuqori qiymatga ega;
4.
Yuklash imkoniyatlarining chegaralanganligi (yo’lovchilar saloniga yuklarni
olib kirish chegaralangan);
5.
Xizmat turlarining klassifikatsiyalashuvi (bunda eng qulay- birinchi, o’rta-
biznes klasslardan to ekonom klass – arzonroq xizmatlarni ham taklif qiladi).
19 Xuddi mana shu sabablarga ko’ra, xalqaro va milliy bo’lgan yo’lovchi tashuvchi
samalyotlar, aviakompaniyalar boshchilari va ekipaj a’zolarining obro’sini belgilab
beradigan qonunlar ishlab chiqilgan. Bu kabi qonun- qoidalar qanday aviakompaniya
bo’lishidan, qaysi yo’nalishda bo’lishidan qat’iy nazar turist xizmatdan foydalansa
uning xoxish- istaklariga ko’ra, albatta bajarilishi lozim.
Yo’lovchilarning huquq va majburiyatlari ko’pgina mamlakatlar roziligiga binoan
xalqaro va ichki