7
boshqalari transit region yoki mamlakatga hamda turistik regionga xos bo’lishi
mumkin.
Turistlar qabul qiladigan tovar va xizmatlar bir- birini to’ldiradigan bo’lishi
kerak. Kerakli bo’lgan natijaga erishish maqsadida bularning
barchasini birgalikda
olib borish kerak. Xizmat (mahsulot)ni joriy qiluvchi kompaniya birgina xizmati
(mahsulot)ga bo’lgan talab boshqa xizmat yoki mahsulot turlariga ham talabni
keltirib chiqarishini juda yaxshi biladi. Shuning uchun har bir ishlab chiqaruvchi
firma o’z oldida eng yuqori foydani qo’lga kiritish motivini qo’ygan
holda turiz-
mning boshqa qismlarida o’z faoliyatini kengaytirishni o’ylaydi.
Aviakompaniyalar bunday integratsiyalashuv jarayonida turistik xizmatlarni ishlab
chiqarishga ketgan xarajatlar evaziga o’z daromadini 30- 35 % dan 93 %gacha oshiri-
shi mumkin. Bundan tashqari, inklyuziv turlarni sotish
orqali ham foyda olishi
mumkin. Ya’ni bu elementlar tashish va joylashtirishni o’z ichiga oladi va bular
kompaniyaga qo’shimcha daromad olib keladi.
Shu tariqa, turistik oqimlar yo’nalishida mamlakatlarda boshchilik qiladigan tur
firmalar turistik talab va xalqaro bozordagi sayohat tendensiyalarida mahsulotni re-
alizatsiya qilingan turistik markazlar qabul qiladilar.