• Delta Havo Yo’llari 31,8 2,22 0,59 Air France- KLM guruhi 31,3 0,16 0,81 Fed Ex Express
  • Yaponiya Havo Yo’llari Korporatsiyasi 16,0 2,22 - “Al Nippon Airways” guruhi
  • Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/26
    Sana29.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #266195
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
    Bog'liq
    Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari nn

    Guruhlar 
    Daromadi
    ( mlrd $) 
    Operatsion
    daromad( mlrd 
    Elektron natija 
    (mlrd $) 


    48 
     
    $) 
    Luftganza guruhi 
    36,1 
    1,76 
    1,49 
    Birlashgan Kontinental 
    Xoldinglar 
    36,0 
    1,82 
    0,85 
    Delta Havo Yo’llari 
    31,8 
    2,22 
    0,59 
    Air France- KLM guruhi 
    31,3 
    0,16 
    0,81 
    Fed Ex Express 
    26,5 
    1,23 
    0,80 
    Amr Corporation 
    22,2 
    0,31 
    -0,41 
    International Airlines Group 
    (BA va Iberia) 
    19,5 
    0,30 
    0,13 
    Yaponiya Havo Yo’llari
    Korporatsiyasi 
    16,0 
    2,22 

    “Al Nippon Airways” guruhi 
    16,0 
    0,80 
    0,27 
    Amirliklar guruhi 
    14,8 
    1,48 
    1,46 
    Manba : Flightglobe tashkiloti tadqiqoti, Airline Business 2011yil, Avgust. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    49 
     
     
     
    Xulosa va takliflar. 
    Biz yuqorida tanishib chiqqan diplom ishida yirik aviakompaniyalar, ularning
    bugungi kundagi vazifalari, ishlash tartibi hamkorlik aloqalari kabilarni o’rganib chi-
    qish bilan bir qatorda ularning bizning soha bo’lmish turizmda tutgan o’rni va uni
    rivojlantirishdagi hissasi ne chog’lik yuqoriligiga amin bo’ldik. 
    Dunyo bo’ylab turistik resurslar notekis joylashgan. Biroq inson o’z sayohatini u
    uchun yangi bo’lgan ekzotik makonlarga amalga oshirishni istaydi va bunday hol-
    larda notekis joylashgan turistik makonlarga qisqa muddatga borib kelish muammosi
    yuzaga keladi. Ayni shu holat aviakompaniyalar xizmatidan unumli foydalanishda
    asosiy omil hisoblanadi. 
    Avvalo, aviaturlarning o’sishi xalqaro turizm geografiyasining kengayishi bilan
    bog’liqdir. Biroq, turistik obyektlardan uzoqda joylashgan mamlakatlar uchun avia 
    transportning ahamiyati yanada oshadi. 
    Turizm sanoatida turistik makonlar dunyoning turli nuqtalarida joylashgan bo’lib,
    ularni turmahsulot qilib tayyorlagach, iste’molchiga to’qnashtirish chog’ida avia-
    transportga ehtiyoj nihoyatda ortadi. Chunki, juda olis masofalarni ham qisqa qi-
    ladigan va tur mahsulotlar xaridini jadallashtiradigan omil aynan ana shu transport
    vositasi hisoblanadi. Biroq ushbu transport vositasidan foydalanish ancha qimmat
    bo’lishi bilan birgalikda aviakompaniya bunda o’z zarariga ham ishlashi mumkin.
    Bunga sabab esa yoqilg’i narxining yuqoriligi bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham
    aynan shunday kamchiliklarning oldi olinishi hamda potensial turistlarning ijtimoiy
    sharoitlariga mos tarzda aviakompaniyalar o’z bozorlarini segmentlarga bo’lib,
    ko’pgina tariflar, qulayliklar va imtiyozlar kabi yengilliklarni hamda mavsum va
    mavsum osti narxlarni iste’molchilar uchun ishlab chiqishadi. 
    Aviakompaniya va tur operatorlar aloqalarini yo’lga qo’yish jarayonida
    shuningdek, boshqa xizmat turiga bo’lgan ehtiyojni ham yuzaga keltiradi. Bunda esa
    boshqa “yordamchi” kompaniyalar ham ishga tushadilar. Misol tariqasida, ayrim
    maxsus band qilish tizimi tashkilotlarini , aviakompaniyalar va tur operatorlar
    o’rtasidagi oldi - berdi aloqalarida ayrim vositachi kompaniyalar o’rni kabilarni
    keltirish mumkin. 
    Yuqoridagi tashkilot va kompaniyalarning vujudga kelishi esa asosan aviakom-
    paniyalar va tur operatorlar uchun ham foydali va optimal bo’lgan tanlovlarni yu-
    zaga keltirishga taqaladi. Bunday murakkab jarayonda ham tur operator , ham avia-
    kompaniya inqirozga uchramay o’z faoliyatlarini davom ettirishlarining o’zi juda
    katta jasoratni talab qiladi. 


    50 
     
    Garchi turizm sanoatida aviakompaniyalar suprastruktura sifatida namoyon
    bo’lsada, yirik transmilliy aviakompaniyalar ham turistlarni tashish bo’yicha o’zaro
    raqobatlashadilar, Chunki ularning daromadining asosiy qismini aynan turizm bozori
    ko’p tashkil qiladi. Aviakompaniyalar esa turizm yo’nalishi oqimining yo’nalishlarini
    belgilab berishadi. 
    Aviakompaniyalarni suprastrukturaga kiritishning albatta o’ziga yarasha sabablari
    mavjud. Aviakompaniyalar sayyohlarni faqatgina sayohat maskanlariga etib qo’yishni
    o’z zimmasiga olgan, u turistlarga tubdan xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanmaydi.
    Biroq, shularga qaramay raqobatchi aviakompaniyalar o’z tarkibiga ko’pgina
    mehmonxonalarni va hattoki tur kompaniyalarni tashkil qilishmoqda. Natijada, turizm
    bozorida ana shunday yetakchi kompaniyalar o’zlarining ulushlarini kengaytirib
    bormoqdalar. 
    Albatta yuqoridagilarning barchasi xalqaro miqyosda amalga oshmoqda. Biroq
    turizm oqimini o’ziga yo’naltirishni istagan davlatlar bunga ijobiy qarab, havo
    transportini rivojlantirishga, uning yuqori texnologik uskunalarini o’rganishga, ixti-
    soslashgan band qilish tizimlariga integratsiyalashuvni yo’lga qo’yishga intilish-
    moqda. Ana shunday davlatlar qatoriga O’zbekistonni ham kiritish mumkin. Chunki
    O’zbekistonda turistik mahsulot yaratish potensiali juda yuqori. Biroq ana shunday
    tur mahsulotlarni yaratish va ularni xalqaro bozorga chiqarish uchun ilg’or avia-
    transport sanoatidan foydalanish maqsadga muvofiq, 
    Ushbu diplom ishida o’rganilgan ayrim masalalar yuzasidan O’zbekiston sharoitida
    qanday ishlarni amalga kiritish mumkinligi to’g’risida ba’zi takliflarni kiritishni
    ma’qul topdik. Ular quyidagilar: 

    Avvalo, aviakompaniyalar vujudga kelishi uchun davlat tomonidan erkin raqobat
    muhitini yaratib berish va monopoliyaning oldini olish lozim; 

    Bu sohada xorijiy investitsiyalar kiritilishi uchun investitsiya muhitlariga keng
    yo’l ochib berish; 

    Samalyot flotlarini yangilash va aeroport inventerlarini amortizatsiyalash; 

    Ilg’or axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni yo’lga qo’yish; 

    Eng ko’p sayyohlar keladigan maskanlarning ilg’or aviakompaniyalari bilan
    yaxshi aloqalarni o’rnatish va kelgusida sayyohlar hajmini oshirish; 

    Elektron band qilish tizimlariga qo’shilish yoki ularni tashkil qilish; 

    Sayyohlar uchun bir- birini taqozo qiluvchi xizmatlar zanjirini birlashtirgan holda
    onlayn sayohatni boshqarish tizimini joriy qilish. Masalan, tashrif buyuruvchi
    sayyohlar aviakompaniyadan chipta xarid qilishni onlayn tarzda amalga oshirishi-
    dan tortib, mehmonxona xizmatidan, restoran, bar, kafe, do’kon, kinoteatr, sayo-
    hat maskanlari, tel aloqa o’rnatish shaxobchalari, banklar va h.k.larni onlayn tarz-


    51 
     
    da boshqarishni amalga oshirishlariga yo’l ochib berish maqsadga muvofiqdir.
    Bunda sayyohlar sayohatlarini o’zlari boshqarish imkoniyatiga ega bo’lishadi va
    sayohatdan mamnun bo’lishadi; 

    Malakali kadrlarni yetishtirib chiqarish orqali va ushbu sohaga doir maxsus
    o’quv kurslarini va amaliyotini tashkil qilish orqali mazkur sanoatning rivojiga
    yo’l ochib berish; 

    Tur operatorlar va aviakompaniyalar o’rtasidagi aloqalarni optimallash dastur-
    larini ishlab chiqish kabilar shular jumlasidandir. 
    Yuqoridagi takliflarni amalga oshirish uchun juda ko’plab imkoniyatlarni o’rganib
    chiqishga va ularning potensiallarini o’rganib chiqishga to’g’ri keladi. 
    Mazkur diplom ishi juda keng qamrovli bo’lishi bilan birga ko’plab omillarni,
    raqobatchi kompaniyalarni, bozorlar holatini, turizm o’choqlarini aniqlashni taqozo
    qiladi. Mazkur diplom ishida keltirilgan ma’lumotlar ehtimol kam bo’lishi mumkin.
    Chunki dunyo miqyosida hali qanchadan- qancha o’rganilmay qolgan sohalar
    mavjud. Shularga qaramay, hozirgi zamonning sivilizatsiyasi turizm sohasini
    rivojlantirish yo’l- yo’riqlarini topishga ko’maklashmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish
    joizki, bu mavzu yuzasidan yanada chuqurroq izlanishlar olib borilishi mumkin. Har 
    bir kompaniyalarning faoliyati bilan chuqurroq tanishish imkoniyati, ularning turizm
    bozorida tutgan o’rinlari, har birining turizm sanoatidagi ta’siri, iste’molchilar talabi-
    ni qondirishdagi ustuvor ta’riflari hamda iste’molchilarning fikr- mulohazalari ka-
    bilarni o’rganish imkoniyati mavjud. Umid qilamizki, bu albatta kelajakda ham bir
    muhim vazifa sifatida bizning oldimizda turadi. 

    Download 1,64 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari

    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish