|
-chizma. Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini shakllantirish
|
bet | 13/36 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 251,44 Kb. | | #102040 |
Bog'liq 95284-1
Operativlik, tashkillashtirish va tejamkorlik - boshqaruvning yuqori samaradorligini muhim shartidir (11.2-chizma). Ishlab chiqarishni boshqarish tizimi birligi, uning samaradorlik birligini sifat tavsifotlari orqali tarmoq, kontsern va korxonada qo’llanilishni ifodalaydi.
Iqtisodiy samaradorlik
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish, boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor, vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash, ish vaqtining zoye ketishini kamaytirish, mablag‘lar oborotini tezlashtirish, mahsulot yetishtirish hajmini o‘stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirishning samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, sanoat tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo‘yicha xarajatlarning o‘sishi bilan tavsiflanadi.
Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o‘zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o‘rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda tutsak, ularni ijtimoiy-iqtisodiy samara deb atasak bo‘ladi.
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko‘rsatkichlar tizimida aks etadi.
Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon-bu asosiy o‘lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuqtai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizni ob’yektiv haqiqatligini, to‘g‘riligini va ishonchliligini aniqlash, haqiqatni anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda xarajatlar va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi va umuman xalq xo‘jaligi bo‘yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’yektlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniqlash xarajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig‘imlarini aks ettiruvchi differensiyalangan ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imi, kapital sig‘imi kiradi.
Mehnat sig‘imi milliy daromad, sof, yalpi, tovar mahsulotning yoki natural shaklda ifodalangan mahsulot birligiga sarflangan xarajat miqdorini tavsiflaydi.
Mahsulotning sermehnatliligi – bu muayyan turdagi mahsulotni (masalan, bitta traktorni, kostyumni yoki ko‘ylakni) ishlab chiqarishga sarf bo‘lgan ish vaqti miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mehnat sig‘imining uch turi bo‘ladi: texnologik, to‘la va xalq xo‘jaligi mehnat sig‘imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab esa u yana uch turga: rejali mehnat, normativ mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig‘imlariga bo‘linadi.
Mehnat sig‘imi bevosita sarf (asosiy xodimlar sarf qilgan mehnat) bo‘yicha, to‘la sarf (yordamchi xodimlar sarf qilgan mehnat) bo‘yicha hamda umumiy ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromad qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Ayrim komplekslar va ularning tarmoqlarida, korxonalarda esa moddiy sarflar miqdorining qiymatiga nisbatan belgilanadi:
Ko‘pincha amaliyotda mehnat sig‘imining boshqacha ma’nosini bildiruvchi mehnat unumdorligi (My) ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
|
| |