Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar




Download 310.82 Kb.
bet11/14
Sana01.08.2021
Hajmi310.82 Kb.
#16560
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
XX asr Ovropa oltinchi davr (1940-1949 yy.)erkaklar va ayollar kostyumi

Oltinchi davr (1940-1949 yy.)

Yangi davr Ovrupoda zambarak va bombalarning gumburlashi bilan boshlandi. Ovrupo harbiy lagerga aylandi. Olmoniyaga bo’ysungan Ovrupo sanoati urushga ishlagandi. Frantsiya Moda uylari Amerikaga ko’chib kelganligi sababli Amerika moda qonundori bo’lib qolgandi.


109-rasm. 1949 yillar ayollar kostyumi.



Bu davrda baravariga uchta siluet vujudga kelgandi: N - to’g’ri to’rtburchak, A - uchburchak bilan to’rtburchak, X - ikkita uchburchak. Kiyimlarning uzunligi tizzasidan sal pastroq edi. Fasonlarda harbiy elementlar kop uchrardi: taxlamlar, cho’ntakli koketkalar, keng belbog’lar, manjetlar, erkaklar ko’ylagiga o’xshagan yoqalar va b. bo’lgan. Undan tashqari, harbiy davr sharoitiga mos shim ayollar kiyimida zarur buyumga aylanib qolgandi. Bo’larning katorida to’r yoqalar va jabolar, bantlar ham uchrardi (109-rasm).

Oyoq kiyimlar past yoki o’rtacha balandlikda, keng poshnali edi.

Sochlar jingalak qilingandi.

1947 yilda "Kristian Dior" frantsuz firmasining yangi modalar kollektsiyasi jamiyatning yangi estetik talabini vujudga keltirgandi. Yopishib turgan lifli, uzun keng yubkali, suyri yelkali ko’ylak, baland ingichka poshnali yengil tufli nazokatlilikni aks ettirardi.

Bu davrga kelib ximiya sanoati yangi - sintetik tolani yaratgandi. Uning yangi xususiyatlari tabiiy matolar (zig’ir, jun, ipak va paxta) o’rnini sal orqaga surgan edi.

Bu davrda ayollar va erkaklar kostyumlari bir-biriga yaqinlashib, ayollar ham shim va Sport kurtkalarini kiyisha boshlashdi. Erkaklar bo’lsa, ayollarnikiga o’xshash katak matolardan ko’ylak, Sport kurtkalarini oldin Sport kiyim sifatida kiyishgan bo’lsa, endi u kundalik kiyimga aylangan edi.

.

110-rasm. Nyu Luk. Kechki ko’ylak. 1948 yil.





Download 310.82 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 310.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar

Download 310.82 Kb.