Mehnatning geografik taqsimoti




Download 29,78 Kb.
bet2/4
Sana23.07.2021
Hajmi29,78 Kb.
#15767
1   2   3   4
Mehnatning geografik taqsimoti
Geografik (xududiy) mehnat taqsimoti xo’jalik rivojlanishida va ixtisoslashuvida muhim o’rin tutadi.

Turli mamlakatlar va rayonlar tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari mehnatning xududiy taqsimotidagi asosiy qo’laylik bo’lib hisoblanadi. Ushbu qulaylikdan foydalanish ishlab chiqarishning ijtimoiy sharoitiga bog’liq. Dastlab ibtidoiy jamoa rivojlanishining ilk bosqichlarida mehnatning eng oddiy, ya’ni tabiiy taqsimoti shakllangan. Mehnat taqsimotining ushbu shakli asosan ayollar bilan erkaklar, yoshlar, kattalar va qariyalar o’rtasida bo’lgan. Ayollar, erkaklar, yoshlar, kattalar, qariyalar ma’lum mehnat turi bilan shug’ullanishgan.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan oddiy yoki tabiiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotiga aylangan. Ijtimoiy mehnat taqsimotiga jamiyatning ichidagi mehnat taqsimoti, tarmoqlar orasidagi, korxonalar o’rtasidagi, korxona ichidagi va korxonadagi ayrim ishchilar orasidagi mehnat taqsimoti kiradi.

Mehnatni ijtimoiy taqsimlanishining asosiy tarkibiy qismi bu mehnatning geografik (xududiy) taqsimotidir.

Mehnatning geografik taqsimoti, bu ijtimoiy mehnat taqsimotining xududiy shaklidir, ya’ni mamlakat miqyosidagi rayonlar (ichki davlat) va turli mamlakatlar (xalqaro) orasidagi mehnat taqsimotidir. Bunda mamlakatlar va rayonlar ma’lum bir maxsulotni ishlab chiqarishga, uni ayirboshlashga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarilgan maxsulotning rayonlar va davlatlar o’rtasida taqsimlanishi mehnatni xududiy taqsimlanishining asosi bo’ladi. Mehnatning xududiy taqsimoti iqtisodiy geografiya fanining asosiy tushunchalaridan biridir.

Xududiy mehnat taqsimotining ancha takomilashgan shakllari kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan ayrim mamlakatlar va rayonlar doirasida yuz bera boshlagan. Ishlab chiqarishning mashinalashuvi mehnatning xududiy taqsimotini chuqurlashtirib yubordi. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin yangi yerlar ochilib, mustamlakalarning vujudga kelishi mehnat taqsimotining xududiy chegaralarini kengaytirib yubordi, natijada milliy xo’jaliklar u yoki bu darajada xalqaro bozor bilan bog’lik bo’lib qoldi.

Demak, mehnatning geografik taqsimoti deganda ayrim xududlarni ma’lum bir maxsulotlarni ishlab chiqarishga va ularni ayirboshlashga hamda ma’lum bir xizmatlarni ko’rsatishga ixtisoslashuvi tushuniladi.

Geografik mehnat taqsimotining eng yuqori shakli bu xalqaro mehnat taqsimotidir.

Xalqaro mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlarni muayyan maxsulot turlarini ishlab chiqarishida, muayyan xizmatlarni bajarishga ixtisoslashuvida va ularni ayirboshlashida namoyon bo’ladi.

Har qanday davlatning xo’jalik qiyofasini uning xalqaro ixtisoslashgan sohasi belgilab beradi.

Har qanday davlatda xalqaro ixtisoslashgan soha bo’lishi uchun quyidagi sharoitlar bo’lishi shart:

— mazkur mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan alohida ma’lum bir tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak;

— mazkur mamlakat ishlab chiqargan maxsulotga haridor bo’lishi kerak;

— maxsulotni xalqaro bozorga olib chiqish uchun ketgan transport harajatlari kam bo’lishi kerak.

Xalqaro mehnat taqsimotining shakllanishi uzoq tarixga borib taqaladi. Qadimgi davrlarda uning ba’zi bir elementlari bo’lgan. Kadimgi Rim imperiyasi, Karfagen va Arab xalifaliklari orasida keng maxsulot ayirboshlash bo’lgan. Eramizgacha II asrdan, eramizning XV—XVI asrlarigacha Sharq bilan G’arb davlatlari o’rtasidagi maxsulot ayirboshlash «Buyuk ipak yo’li» orqali amalga oshirilgan.

Mehnat xalqaro-geografik taqsimotining yanada chuqurlashishi natijasida ayrim mamlakatlar milliy xo’jaliklarining uzviy jixatdan yaqinlashib ketishi sodir bo’ldi. Oqibatda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar vujudga keldi.

Eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (mamlakatlar guruhi) quyidagilardir:

Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati yoki «Umumiy bozor», 1957 yil 25 martda tashkil topgan. Dastlab 6 ta davlat kirgan (Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg), 1961 yilda Gretsiya, 1963 yilda Afrikaning 18 ta davlati kuzatuvchi a’zo sifatida qabul qilingan. Asosiy maqsadi — asta-sekinlik bilan bojxona to’lovlarini bekor qilish, maxsulotlarni mamlakatga olib kirish va olib chiqib ketishdagi to’siqlarni bekor qilish, boshqa davlatlarga nisbatan umumiy tashkil bojxona to’lovlarini va siyosatni joriy qilish. «Umumiy bozor» birlashgan parlamentga va byudjetga ega. Byudjet «umumiy bozor» a’zolarining to’lovlaridan iborat. Bundan tashqari, yevropada yana quyidagi tashkilotlar bor: yevropa erkin savdo assoatsiyasi (YEESA) bunga 7 ta davlat kiradi (Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsariya, Shvetsiya), 1960 yil 1 iyulda tuzilgan. Asosiy maqsadi — bojxona to’lovlarini bekor qilish. Yevropa po’lat va ko’mir birlashmasi, 1951 yilda tuzilgan. A’zolari Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Italiya.

Markaziy Amerika davlatlari tashkiloti, 1951 yilda tuzilgan.

Lotin Amerikasi davlatlari erkin savdo asosatsiyasi (Argentina, Braziliya, Venesuela, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Urugvay, Chili, Ekvador), 1960 yil 18 fevralda tashkil qilingan («Montevideo shartnomasi»).

Afrika Birligi Tashkiloti (ABT), 1963 yil may oyida Addis-Abebada (Efiopiya) tuzilgan. JARdan tashqari barcha Afrika davlatlari kiradi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRT) AQSH taklifi bilan 1960 yil 14 dekabrda tuzilgan bo’lib, unga quyidagi davlatlar a’zo: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Shvetsariya, Shvetsiya, Yaponiya.



Download 29,78 Kb.
1   2   3   4




Download 29,78 Kb.