2.5-rasm.
Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatel yakorini to‘g‘ri (a)
va teskari (
b
) yo'nalishda aylantiruvchi ulanish sxemalari.
Sanoat elektr yuritmalarida qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning
yo‘nalishini o'zgartirish bilan dvigatelni
rostlash tavsiya etilmay-
di. Chunki qo‘zg‘atish chulg‘ami katta induktivlikka ega bo‘l-
ganligi uchun tokni va magnit oqimini teskari yo‘naltirish jarayoni
ko‘p vaqtni talab qiladi.
Bundan tashqari qo‘zg‘atish chulg‘amida tokning uzilishi
chulg‘amda juda katta qiymatga ega bo‘lgan o ‘zinduksiya EYK
hosil qiladi. Bu esa o ‘z navbatida chulg‘am izolatsiyasining
teshilishi va oqibatda ishdan chiqishiga olib keladi. Shartli ra
vishda yo‘nalishlardan biri musbat, teskarisi esa manfiy deb qabul
qilinadi. Ko‘tarish kranlarida yukni ko‘tarish yo‘nalishi
musbat
bo‘ladi.
Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o ‘zgarmas tok dvigatelini
tarmoqqa ulab ishga tushirish mumkin emas. Chunki yakor qar
shiligi
Rya
ancha kam bo‘lganligi sababli bu payt yakordagi tok
ning qiymati nominal tokka nisbatan
10+20
marta oshib ketadi; bu
esa mashinaning ishdan chiqishiga olib keladi.
Yakorga ketma-ket ulangan, ishga
tushirish qarshiligi bilan
ishga tushirish tokini joiz qiymatiga qadar kamaytirish mumkin.
I ^ U / i R y c + R,)
bu yerda:
I [T -
ishga tushirish tokining ю = 0 bo'lgandagi bosh-
lang‘ich qiymati.
Dvigatel yakori tezligining ortishi bilan uning EYK ning
qiymati ortib boradi va tokning miqdori esa kamayadi.
Tok kamayishi bilan dvigatel momenti ham kamayadi.
Chunki dinamika tenglamasiga muvofiq tezlanish ham kamayadi.
Ishga tushirayotganda yakor tezlanishini jadallashtirish
uchun
Rq
ni kamaytirish kerak. Shunday qilib,
Rq
ni pog‘onama-pog‘ona
kamaytirib borib, dvigatel bir elektromexanik tavsifdan boshqa
tavsifga o‘tkaziladi (
2
.
6
-rasm).
Bu ishni asosan ishga tushirish
qurilmalari yoki maxsus
avtomatlashtirilgan ishga tushirish sxemalari orqali amalga oshi
riladi. Bunday ishga tushirish
reostatli ishga tushirish
deb ataladi.
Ishga tushirilgandan so‘ng dvigatel o‘matilgan statik tok
Iq
(moment
Mq)
va tezlik o>q (2.6-rasm) bilan ishlaydi.