t = t ( ( l - ^ /rr) + t bosh - n rt,
(7.33)
bu yerda: t< =
Q/A — turg‘un harorat, °C;
Tr= CIA - dvigatelning issiqlik doim iysi, s. Demak, harorat eksponensial qonuniyat bilan o‘zgarar ekan,
(7.33) formula harorat,
t ,, issiqlik berish koeffitsiyenti
A va
dvigatelda ajralib chiqayotgan isroflarga bog‘liq. Issiqlik berish
koeffitsiyentining qiymati dvigatel qancha tez sovisa, shuncha
katta bo'ladi. Shuning uchun dvigatel o‘qiga ventilyator
o ‘rnatiladi yoki dvigatel korpusi qirrali qilib ishlanadi. Bir xildagi
issiqlik berish koeffitsiyentini ta’minlash uchun yopiq dvigatel
ochiq dvigatelga nisbatan kattaroq o‘lchamlarga ega bo‘ladi.
Issiqlik doimiyligi oddiy mashinalar uchun katta qiymatga,
ya’ni bir necha minutdan bir necha soatlargacha yetadi.
Mashina quvvati va gabarit oMchamlari ortishi bilan vaqt
doimiysi ham ortib boradi. Haqiqatda mashina issiqlik sig‘imi
uning hajmiga, ya’ni
I3 ga proporsional, issiqlik berish
koeffitsiyenti esa yuzasi /' ga proporsionaldir. Shunday qilib, vaqt
doimiysi mashinaning chiziqli o‘lchamlariga bog‘liq ekan:
Tt - С/A ~ Z3//2
= I. (7.34)
Olingan tenglikka ko‘ra bir xil quvvatda mashinaning qizish
doimiyligi uning o‘lchamlariga bog‘liq ekanligini ko‘rish
mumkin. Demak, qizish doimiyligi dvigatelni shamollatish
shartlariga bog‘liq ekan. 0 ‘z-o‘zini shamollatadigan mashinalarda
bu doimiylik kichik, yopiq mashinalarda esa katta qiymatga ega
bo‘ladi.
Sanoat yuritmalarida dvigatel to‘g‘ri yuklanganini aniqlashda
oddiy usullardan foydalaniladi. Bunda uchta asosiy rejim -
davomli, qisqa va qaytalanuvchi qisqa rejimlar ko‘rib chiqiladi.
Davomli ishlash rejimida elektr dvigatelning barcha qismlari
o‘matilgan haroratgacha qizib ulguradi (7.2- rasm).
Dvigatel ish interval! uzoq davom etgan pauzadan iborat
bo‘lgan qisqa ishlash rejimida ishlayotgan vaqtda o ‘matilgan
haroratga yetib ulgurmaydi, pauza vaqtida esa to‘la sovishga
0 .
■-
■
V