|
Butunning teng bo’laklari ulushlar
|
bet | 45/48 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125422 |
Bog'liq 5 9 matematikadan yozma ish.Butunning teng bo’laklari ulushlar deyiladi.
‘’Bir butun», «birlik» degan so’zlarni kengroq ma'noda tushu-nishingizni istardik. Mavzuni, biror masalani tahlil qilayotganda «bir butun», «birlik» sifatida doira, kesma, tort, kvadrat, biror maydon-ning yuzi, jismning massasi, sutka, yil ... olinishi mumkin.
Hayotda, turmushda, xo’jalik yuritishda bir butun deb olingan miqdor (buyum)ni, ko’pincha, teng qismlarga ajratamiz, bir necha bo’lakka teng qilib bo’lamiz, uning har bir bo’lagi kimgadir atalgan bo’ladi. Kattalar bo’lishni bajarayotgan kishiga «hammaga baravar qilib bo'1; hammaga teng qilib bo'l», deb maslahat berishadi.
O’quvchi o’z hayotiy tajribasida «butunning teng bo’laklarini — ulushlari»ni ko’rgan, uni ushlagan: ona unga va ukasiga biror narsani baravar qilib, teng qilib bergan. Biri katta, biri kichikroq bo’lib qolsa, bolalar o’rtasida kelishmovchilik chiqishi mumkin. Bir yilni 1 butun deb olib, kvartallarga bo’lamiz. o’quv yilini, muddatlari har xil bo’lsa-da, choraklarga bo’lamiz. Ulushlar hayotimizga shunchalik singib ketganki, ularning ba'zilarini, hattoki, alohida nom bilan aytamiz: ikkidan bir ulush-yarim, to’rtdan bir ulush-chorak,sakkizdan bir ulush nimchorak.
Kasr — sifat jihatidan o’quvchilar uchun yangi son. Ular uchun yangi tushuncha, yangilik. Holbuki, o’quvchilar yarim, chorak kabi so’zlar nimani anglatishini bilsalarda, ularning yozilishi, o’qilishi, ularning paydo bo’lish jarayonini bilmasliklari mumkin. Bu mavzuda ana shu jarayon o’rgatiladi, yoritiladi.
- kasr sonning ma'nosi quyidagicha:
- butun (birlik, 1 deb olingan miqdor) n ta teng bo’lakka
bo’lingan;shu teng bo’laklardan k tasi olingan (qaralyapti).
Kasrlar bilan bog’liq atamalarni to’ri ishlatilishiga, kasrlarning to’ri o’qilishiga e'tibor bering: surat, maxraj, kasr chizi to’tdan bir; , sakkizdan uch; , o’ndan yetti.
O’quvchilarning o’zlari kasr sonlarga ko’plab misollar topsinlar, ularni to’ri yoza bilsinlar, to’ri o’qiy olsinlar.
|
| |