|
Bu mavzuni o’zlashtirgach, o’quvchilar ushbu qiyinlikda^ mashqlarni bajara
|
bet | 47/48 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125422 |
Bog'liq 5 9 matematikadan yozma ish.Bu mavzuni o’zlashtirgach, o’quvchilar ushbu qiyinlikda^ mashqlarni bajara olishlari shart.
1. To’g’ri va noto’-ri kasrlarni ajratib yozing:
Metodik tavsiyalar. Noto’-ri kasrning butun qismi nima-yu, kasr qismi nima? Aralash son nima? Aralash son noto’-ri kasrga qanday aylantiriladi? Bu savollarga javoblar mavzuning matnida berilgan.
Quyidagilarga e'tibor berishingizni so’rar edik:
l) 32;5 = (30 + 2):5 = 30:5 + 2:5 = 6 +
6 + yozuvda 6 soni — noto’ri kasrning butun qismi, -
son esa uning kasr qismidir. 6 + - yozuvni 6 - kabi yozish qabul
qilingan. 6 - yozuvda 6 bilan - orasida «+» (qo’shish ishorasi) bor, faqat u yozilmagan. Natural sonlarni kasrga ko’paytirish o’tilganda
o’quvchilar, ba'zan, 6 - ni 6 - deb o’ylaydilar. ab, 3a, 4x yozuvlarda ko’paytirish amali («•») qo’yilmasligini o’quvchilar biladilar, bu yerda (6 -) ham ko’paytirish belgisi bor-ku, ammo u qo’yilmagan, deb o’ylaydilar. Ana shu holni oldini olish zarur.
2) o’quvchilar aralash son nafaqat o’lchash (8kg + -kg;
3 m + - m,...) natijasida, balki qoldiqli bo’lishda ham paydo bo’lishini bilsinlar. Bu ularning noto’-ri kasrni aralash songa, va aksincha, aralash sonni noto’-ri kasrga aylantirish ishini osonlashtiradi.
3) o’quvchilar diqqatini noto’-ri kasrni aralash songa aylanti-rishda aralash son kasr qismining maxraji va noto’-ri kasr maxraji ayni bir son ekaniga jalb qiling.
4) Ixtiyoriy aralash son o’zining butun qismidan katta, ammo butun qismidan bevosita keyingi natural sondan kichikdir.
Misol. 3- aralash son uchun ushbu qo’sh tengsizlik o’rinli:
Ammo - to’ri kasr, to’ri kasr esa doimo 1 dan kichikdir.
5) noto’ri kasr, uning butun qismi = 60: 20 = 3 ga, kasr qismi esa 0 ga teng, chunki 60 soni 20 ga qoldiqsiz bo’linadi:
Darslikda kasrni qisqartinsh tushunchasiga olib keluvchi faollashtiravchi misol bor. Qoidani aytishdan awal bu misollarni tahlil qilish zarur.
Kasrning surat va maxrajini ularning 1 dan farqli umumiy bo’luvchisiga bo’lish kasrni qisqartirish deyiladi.
Bu tushuncha kasrning asosiy xossasini quyidagicha ifodalashga imkon beradi:
Aagar kasrning surat va maxraji 1 dan farqli umumiy ko’paytuv -chiga ega bo’lsa, bunday kasrni qisqartirish, ya'ni uning surat va maxrajini shu umumiy ko’paytuvchiga bo’Iish mumkin.
Endi yana misollar ko’riladi. Kasrni hamma vaqt ham qisqartirish mumkinmi? Qisqarmas kasrlar bo’ladimi? degan savol o’rtaga tashlanadi. Unga o’quvchilar javob izlaydilar. So’ngra qisqarmas kasr nimaligi bayon etiladi:
Agar kasrning surat va maxraji o’zaro tub sonlar bo’lsa, bunday kasr qisqarmas kasr deyiladi.
Odatda, kasrni qisqartiring, deyilganda, berilgan kasrdan unga teng qisqarmas kasrga o’tish tushuniladi. Buning uchun:
1) berilgan kasrning surat va maxrajining EKUBi topiladi;
2) kasrning surat va maxraji ayni shu EKUBga bo’linadi.
1) EKUB (192, 256) ni topamiz.
192 = 26-3, 256 = 28; demak, EKUB (192, 256) = 26 = 64.
Ba'zi o’quvchilarga sonlarning EKUBni topish qiyinlik qilishi mumkin. Bunday holda o’quvchilar kasrlarni ketma-ket qisqarti-rishlari ham mumkin.
mavzuni o’zlashtirgach, o’quvchilar ushbu qiyinlikdagi mashqlarni bajara olishlari shar.
Kasrlarni qisqartiring:
Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish bobning asosiy mavzularidan hisoblanadi. U o’quvchilar uchun, ba'zan, murakkablik ham qiladi, ko’proq mashq qilishni taqozo etadigan mavzudir.
Quyidagilarga e'tibor bering:
1) har xil maxrajli kasrlarni bir xil maxrajga keltirishga kasrning asosiy xossasi imkon beradi;
2) kasrlarni umumiy maxrajga keltirish kasrlarni bir xil ulushlarda ifodalash demakdir.
Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish jarayoni shunday kechadi:
1-qadam. Iloji bo’lsa, kasrlarni qisqartirish.
2-qadam. Berilgan kasrlar maxrajining EKUK - eng kichik umumiy karralisini topish.
3-qadam. Topilgan EKUKni har bir kasrning maxrajiga bo’lish — har bir kasrga mos qo’shimcha ko’paytuvchilarni topish.
4-qadam. Kasrlarning surat va maxrajini ularga mos qo’shimcha ko’paytuvchilarga ko’paytirish.
Natijada berilgan kasrlarga teng va bir xil maxrajli kasrlar hosil bo’ladi.
|
| |