Yarim o‘tkazgichlarda termoelektrik xodisalar naziraliyeva Umidaxon




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana19.11.2023
Hajmi0,88 Mb.
#101336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
36 
Rasm. p-n o‘tish sxemasi. 
Bu bog‘lanish vakuumli diodning volt-amper xarakteristikasi deyiladi. Bu 
holda, anod toki va kuchlanishi orasidagi bog‘lanish diagrammasi egri 
chiziqdan 
iborat 
bo‘ladi, 
ya’ni mazkur bog‘lanish Om qonuniga 
bo‘ysunmaydi. 
U ning kichik musbat qiymatlari sohasida termoelektron tok va anod kuchlanishi 
orasidagi bog‘lanishni Boguslavskiy - Lengmyur qonuni yoki ba’zi hollarda «uch 
taqsim ikki» qonuni deb ham yuritiladi. 
1.2.-rasm. Yarimo‘tkazgichli diodning tuzilishi. 
2
3
BU
I

Bunda B - elektrodlarning shakli, o‘lchamlari va o‘zaro joylashuvigagina 
bog‘liq bo‘luvchi koeffitsient. 
Agar anod kuchlanishi oshirilib borilsa, dastlab zanjirdagi tok kuchi ham 
o‘sib boradi. So‘ngra esa, uning miqdori to‘yinish toki deb ataluvchi maksimal 
qiymatga etgach, o‘sishdan to‘xtaydi. Bu jarayon, haroratsi o‘zgarmas bo‘lgan 
katoddan ajralib chiquvchi barcha elektronlarning t o‘liq holda anodga etib 
borishi ro‘y bergunga qadar davom etadi. Bu esa to‘yinish tokining zichligi 
katod materialining emissiya qobiliyatini xarakterlaydi degan xulosaga olib 
keladi. 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
37 
To‘yinish tokining zichligi Richardson-Deshman formulasi bilan aniqlanadi: 
)
/(
2
kT
A
m
e
CT
j


Bunda, A - elektronning katoddan chiqish ishi, T- termodinamik harorat, C - 
barcha metallar uchun bir xil bo‘lgan doimiy. Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, katod 
haroratsi qanchalik yuqori bo‘lsa va katoddan elektronlarning chiqish ishi qanchalik 
kichik bo‘lsa, to‘yinish tokning zichligi shunchalik katta bo‘ladi. Xaqiqatdan xam, 
sof volframdan yasalgan katod haroratsini 1000 К dan 3000 К gacha ko‘tarilishi 
natijasida to‘yinish tokning zichligi deyarli I0
16 
marta ortadi. 
Diodning asosiy xususiyati elektr tokini faqat bir yo‘nalishda 
o‘tkazishidir. Diodda anod katodga nisbatan musbat potensialga ega 
bo‘lgandagina katoddan anod tomon elektronlar oqimi o‘tadi. Dioddan 
o‘zgaruvchan toklarni to‘g‘rilash maqsadida foydalanish mumkin. 
Тоk yarim davrlarda anodning potensiali musbat, katodniki esa manfiy 
bo‘ladi. Shuning uchun lampa orqali tok o‘tadi. Juft yarim davrlarda esa 
anodning potensiali manfiy, katodniki musbat bo‘lganligi uchun lampa berk 
bo‘ladi, ya’ni elektr tokini o‘tkazmaydi. Demak, diod orqali faqat bir 
yo‘nalishdagina elektr toki o‘tadi. Uchta elektrodi bo‘lgan lampani triod deb 
ataladi. Uchinchi elektrod katod bilan anod orasida (katodga yaqin masofada) 
joylashtirilgan to‘rdan iborat bo‘ladi. 
Bu lampada katod bevosita qizdiriladi. Katod atrofidagi spiral t o‘r 
vazifasini o‘taydi. Katod va to‘rni o‘rab turgan metall silindr esa anod bo‘lib 
xizmat qiladi. To‘rga musbat kuchlanish berilganda to‘r va katod orasida 
vujudga kelgan elektr maydon termoelektronlarga tezlashuvchi ta’sir 
ko‘rsatadi. To‘r anodga qaraganda katodga ancha yaqin bo‘lganligi uchun 
to‘rdagi kuchlanishning ozgina o‘zgarishi anod tokining ancha o‘zgarishiga 
sababchi bo‘Iadi. Demak, tokga beriladigan kuchlanishini o‘zgartirish yo‘li 
bilan triodning anod zanjiridagi tokni boshqarish mumkin. Umuman 
elektronlar oqimi hosil qilish lozim bo‘lgan qurilmalarda keng qo‘llaniladi. 
Kontakt potensallar farqi 1797- yilda A.Volta ikki metall o‘zaro 
kontaktlashsa, ulardan biri musbat ikkinchisi esa manfiy zaryadlanishini 
aniqladi. Natijada metallar orasida kontakt potensiallar farqi deb yuritiluvchi 
potensiallar farqi vujudga keladi. Agar Al, Zn, Sn, Pb, Sb, Bi, Hg, Fe, Си, Ag, 
Au, Pt, Pd kabi metallar, ko‘rsatilgan ketma- ketlikda kontaktlashtirilsa, unda 
bar bir metall o‘zidan keyingi istalgan metall bilan musbat zaryad namoyon 
etib kontaktlashadi. Bu qatorni Volta qatori deb yuritiladi. Volta tajribaga tayanib 
quyidagi ikki qonunni aniqladi: 
Kontakt potensiallari farqi о’zaro tegishuvchi metallami faqat kimyoviy 
tarkibiga va haroratsiga bog‘liq bo‘ladi. 



Download 0,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarim o‘tkazgichlarda termoelektrik xodisalar naziraliyeva Umidaxon

Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish