Yarim o‘tkazgichlarda termoelektrik xodisalar naziraliyeva Umidaxon




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana19.11.2023
Hajmi0,88 Mb.
#101336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
41 
xossalari tashqi ta’sirga – haroratning o‘zgarishi yoki kirishmalar kirishiga kuchli 
bog‘langan. Yarimo‘tkazgichlar haroratsini maqsadli o‘zgartirib yoki uni legirlab 
(kirishma kiritib), uning fizik xossalarini, jumladan, elektrik o‘tkazuvchanligini 
boshqarish mumkin.Bundan 180 yil ilgari odamlarga turli o‘tkazgichlar elektr tokini 
turlicha o‘tkazishi ma’lum edi. 
1821- yilda ingliz kimyogari Hemfri Devi harorat ortishi bilan metallning elektr 
o‘tkazuvchanligi kamayishini aniqlagan. Uning shogirdi Maykl Faradey 1833 –yilda 
tajribalarni davom ettirib, oltingurgut va kumush birikmasi elektrik o‘tkazuvchanligi 
harorat ortishi bilan pasayishini emas, aksincha ko‘tarilishini kuzatgan. So‘ngra, u 
o‘tkazuvchanligi haroratga g‘ayrioddiy bog‘langan yana bir necha moddalarni kashf 
qildi. Lekin, o‘sha paytlarda bu dunyo ilm ahlini qiziqtirmadi. 1873- yili selenning 
(Se) qarshiligi yorug‘lik nuri ta’sirida o‘zgarishi aniqlangandan so‘ng, bu ishlarga 
qiziqish ortdi. Selen fotoqarshiliklar tezda turli optik asboblarda qo‘llanila boshladi. 
Oddiy selen ustunidan qilingan fotoqarshilik birinchi yarimo‘tkazgichli asbob bo‘ldi. 
Uning elektrik o‘tkazuvchanligi yoritilganda qorong‘ulikdagisiga nisbatan kattalashar 
edi.Avval, 1948-yili nuqtaviy, keyin 1951-yili yassi tranzistorlar kashf qilinishi, 
yarimo‘tkazgichli elekronikaning jadal rivojlanishiga olib keldi. Tranzistorlar ishlash 
qonuniyatini tushuntirish uchun yarimo‘tkazgichlarda kechadigan qator fizik 
jarayonlarni ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi. Dast avval ulardagi elektrik o‘tkazuvchanlik 
mexanizmiga to‘xtalib o‘tamiz. 
Elektrik o‘tkazuvchanlik.Ma’lumki, barcha moddalar turli kimyoviy bog‘lar 
hosil qilgan atomlardan tuzilgan bo‘lib, bu bog‘lar ularning ko‘plab fizik va 
kimyoviy xossalarini, jumladan, elektrik o‘tkazuvchanligini belgilaydi. Masalan, tuz 
va yog‘ dielektriklar guruhiga mansub bo‘lib, elektr tokini o‘tkazmaydi, metaldan 
qilingan sim esa juda yaxshi o‘tkazgichdir. Metalning yuqori elektrik 
o‘tkazuvchanligi sababi nimada? Metallarning elektrik o‘tkazuvchanligi. Kristal 
panjarada metal atomlari juda zich joylashgan – har bir metal atomi o‘n ikkitagacha 
qo‘shni atom bilan bevosita bog‘langan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metal 
atomining tashqi elektron qobig‘idagi valent elektronlar “erkin” bo‘lib, metal ichida 
tartibsiz issiqlik harakatidagi “elektronlar gazi” ni hosil qiladi. Kristal panjara 
tugunlaridagi metal ionlari esa, shu elektron gaz ichiga botirilgandak joylashgan. 
Metallarning kristal panjara tugunlarida joylashgan ionlari ham, erkin elektronlari 
ham betartib issiqlik xarakatida ishtirok etadi. Ionlar kristal panjara tugunlarida 
tebranma harakat qiladi, erkin elektronlar esa kristal bo‘ylab betartib ilgarilanma 
harakatda bo‘ladi (1.4 -rasm) 



Download 0,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarim o‘tkazgichlarda termoelektrik xodisalar naziraliyeva Umidaxon

Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish