Yarim o‘tkazgichlarda termoelektrik xodisalar naziraliyeva Umidaxon




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana19.11.2023
Hajmi0,88 Mb.
#101336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
43 
1.5 – rasm. Germaniy kristalidagi juft elektron bog‘lari 
Natijada “kovak” qo‘shni atomga siljiydi. U atom o‘z navbatida boshqa atomdan 
elektronni tortib oladi va x.k. Natijada bitta elektroni yetishmaydigan chala bog‘ 
kristal bo‘ylab tartibsiz erkin ko‘chib yurishi mumkin. Uzilgan bog‘larning 
(kovaklarning) ko‘chib yurishi qo‘shni bog‘lardagi elektronlarni tortib olish hisobiga 
sodir bo‘ladi, shuning uchun har safar bir atom o‘zining uzilgnan bog‘i uchun 
elektron tortib olganda, u bilan birga bog‘ning kompensatsiyalanmagan musbat 
zaryadi ham ko‘chib yuradi. Bu holatni xuddi yarimo‘tkazgichda yangi musbat 
zaryadli zarracha paydo bo‘lganidek qabul qilish mumkin. Ushbu zarraning zaryadi 
elektron zaryadiga teng bo‘lib, ishorasi esa musbatdir. Bunday kvazi zarralar (“kvazi” 
– deyarli degan ma’noni bildiradi) “kovak”lar deb nomlanadi. 
Bog‘dan uzilib chiqqan erkin elektron va uning o‘rnida hosil bo‘lgan kovak 
cheksiz uzoq vaqt turaolmaydi. Ma’lum bir vaqtdan so‘ng (10
-12
dan 10
-2 
sek gacha) 
ular bir biri bilan yana uchrashib qoladilar va ikkalasi ham yo‘q bo‘lib ketadi, buni 
rekombinatsiya deb ataladi. Rekombinatsiya paytida energiya ajralib chiqadi, uning 
qiymati elektron-kovak juftligini hosil qilish uchun sarf bo‘lgan energiyaga tengdir. 
Ba’zan bu energiya nurlanish ko‘rinishida ajralib chiqadi, ko‘p xollarda esa bu 
energiya kristal panjaraga berilib, uni qizdiradi. Erkin elektronlar va kovaklar hosil 
qilgan o‘tkazuvchanlik yarimo‘tkazgichlarning xususiy o‘tkazuvchanligi deb ataladi. 
Kovaklar va erkin elektronlar juft juft bo‘lib paydo bo‘ladi, shuning uchun toza 
yarimo‘tkazgichlarda ularning zichligi teng bo‘ladi: 
p = n 
Diffuziya natijasida n soxa chegarasida elektronlar kamayib, musbat zaryadli 
qatlam, p soxa chegarasida kovaklar kamayib manfiy zaryadlangan qatlam hosil 
bo‘ladi. Shunday qilib p – n o‘tish chegarasida ikki xil zaryadlangan qatlam hosil 
bo‘ladi. Bu qatlam berkituvchi qatlam deb nomlanib, unda shakllangan elektrik 
maydon diffuziyani davom ettirishga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda berkituvchi qatlam 
hosil qilgan maydon kuchlanganligi kamayib, kontakt qatlam orqali tok o‘tishi 
osonlashadi. Kuchlanish oshgani sari p – n o‘tishdan o‘tayotgan tok kuchi ham ortadi. 
Bu to‘g‘ri kuchlanish deb ataladi. 



Download 0,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarim o‘tkazgichlarda termoelektrik xodisalar naziraliyeva Umidaxon

Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish