“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
13 
Yashil iqtisodiyotga oʻtishning iqtisodiy mexanizmlari boʻlib rivojlangan 
mamlakatlarda ekologik yukni kamaytirish va uni rivojlanayotgan mamlakatlarga 
oʻtkazish (rivojlanayotgan mamlakatlarda korxonalar foydalanish va egalik qilish 
xuquqini olish va yashil maydonga egalik qilish); Me’yoriy-huquqiy bazani yaratish, 
davlat investitsiyalarini “yashil” sanoat, “yashil” investitsiyalar va innovatsiyalarni 
ragʻbatlantirish; xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hisoblanadi
21

Yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonida kichik va oʻrta biznesning yangi 
imkoniyatlaridan, uning afzalliklaridan xodimlar foydalanishlari uchun zamonaviy 
ijtimoiy dasturlar, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik talablarini ishlab 
chiqishni taqozo etadi. Bundan tashqari, byudjet munosabatlari tizimini (masalan, 
ekologik soliqlarni joriy etish), “yashil” biznesni rivojlantirish va barqaror 
infratuzilmani yaratish kerak boʻladi
22

Zamonaviy sharoitlarda yashil iqtisodiyotga oʻtish bosqichma-bosqich amalga 
oshirilmoqda. Xalqaro amaliyotda yashil iqtisodiyotga oʻtishning reja asosida 
harakatlar yoʻnalishlari boʻyicha yoʻl xaritalari ishlab chiqilgan. Qator yoʻl xaritalari 
mavjud boʻlib, ular alohida olingan faoliyat turlari ITTKI, iqtisodiy siyosatni ishlab 
chiqish, texnologiyalarni joriy etish boʻyicha ishlab chiqilgan. Yevropa Ittifoqi 2050 
yilga qadar kam uglerodli iqtisodiyotga oʻtishning umumiy dasturini qabul 
qilishgan. Dasturda karbonad angidrid chiqindilarinir kamaytirish maqsadlari 
belgilangan. Masalan, Janubiy Afrikada “Suv uchun mehnat qilish” dasturi ishlab 
chiqilgan boʻlib bu dasturda tabiiy va inson kapitaliga uzoq muddatli investitsiyalar 
jalb etish nazarda tutiladi
23

Ayni paytda koʻplab mamlakatlarda qator ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar 
ishlab chiqilgan. Yashil iqtisodiyot tadbirkorligi: Grameen Shakti (Hindistonda 
qayta tiklanadigan energiya), RAST Apparel (oʻsayotgan ekopaxta); AQShda - 
IceStone (qayta ishlangan materiallardan dastgohlar ishlab chiqarish), qayta ishlash 
(chiqindini qayta ishlash), qimmatbaho pasta (plastikni qayta ishlab ikkilamchi xom-
ashyo sifatida foydalanish), Buyuk Britaniyada - Qut Revolution (mini-shamol 
generatorlari ishlab chiqarish), Rossiyada “Ekologik tashabbus" (plastmassani qayta 
ishlash) va boshqalar
24

BRIKS mamlakatlari barqaror rivojlanish tamoyillarini oʻz milliy 
iqtisodiyotlariga integratsiya qilishmoqda. Masalan, Xitoyda barqaror rivojlanish 
konsepsiyasi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni oʻz ichiga olgan. Yashil 
iqtisodiyotga oʻtishda Xitoy hukumati tomonidan dotatsiyalar, subsidiyalar, 
imtiyozlar kreditlar ajaritilgan. Hindiston esa davlat tomonidan yashil davlat 
xaridlari tizimi orqali qoʻllab quvvatlanadi. Braziliyada tuproqni parvarish 
qilishning nol qiymatli va minimal ishlov berish texnologiyalari tizimi 
21
Егорова М.С. Экономические механизмы и условия перехода к«зеленой» экономике // Фундаментальные 
исследования. 2014,с.1265. 
22
Лисковская Е.А., Григорьева К.М. Формирование «зеленой» экономики и устойчивого развития стран и 
регионов // Вестник Южно – Уральского государственного университета. Серия: Экономика и менеджмент, 
2018, С.15 – 22.
23
Айтимов А.С., Хайрушин Ж.К. «Зеленый мост»: экологический диалог между Европой и Азией // 
Актуальные проблемы нации, экономики и образования. 2013, № 3, с.293 – 296. 
24
Воронина А.А. Социальное предпринимательство в сфере «зеленой» экономики: Основные тенденции 
развития // Концепт. 2016, Т.41,с. 60 – 64. 



Download 8,74 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish