|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
14
takomillashtirildi. Belarussiyada yashil energetika loyihasi ishlab chiqilib va u
iqtisodiyotga joriy qilingan boʻlib ularning asosiy maqsadlari quyidagilar
hisoblanadi:
1. “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy mexanizmlarini ishlab
chiqish;
2. Yashil iqtisordiyotni amalga oshiruvchi yetakchi mutaxassislarning malaka
darajasini oshirish.
3. Ifloslanish vositalarga qarshi emissiyalarni kamaytirish maqsadida qishloq
xoʻjaligi boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqish;
Masalan, Qozogʻistonda “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish konsepsiyasida atrof-
muhitga tabiiy resurslarni yukni minimallashtirishga qaratilgan va tabiiy yashash
muhitining tirik organizmlarning mahalliy turlarining yashashi uchun yaroqsiz
boʻlib qolishi jarayonining oldini olishga qaratilgan.
“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchta bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich (2013-2020 yy.) – tabiat muhofazasi faoliyati samaradorligini
oshirish; 2-bosqich (2020-2030 yy.) – yuqori texnologiyalar bazasini shakllantirish;
3-bosqich (2030-2050 yy.) - tabiiy resurslardan foydalanish va ularning qayta
yangilanishi holati.
“Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy
yoʻnalishlari suv resurslaridan barqaror foydalanish, yuqori hosildorlikka
asoslangan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, chiqindilarni boshqarish va energiya
tejamkorlik tizimlarini rivojlantirish, havo ifloslanishini kamaytirish, ekotizimlarni
boshqarishdan iborat
25
.
Italiyada yashil iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha qator ishlar amalga
oshirilmoqda, xususan iqtisodiyotda faoliyat koʻrsatayotgan kompaniyalarning
qariyib 25 foizi yashil texnologiyalarga investitsion mablagʻlar ajratganlar va bu oʻz
navbatida resurslarni iste’mol qilish va qoʻshilgan qiymat oʻsishini ta’minlagan.
Hozirgi kunda aksariyat Yevropa davlatlarida turizm sohasiga boʻlgan talab ancha
yuqori darajada, jumladan bularga Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Buyuk
Britaniyani kiritish mumkin. Tabiat resurslarini asrash va avaylash ular
iqtisodiyotining oʻsishiga olib keladi. Shuning uchun, Yevropada mehmondoʻstlik
sohasini rivojlantirish uchun energiya va resurslarni jamgʻarish boʻyicha katta
imkoniyatga ega
26
.
Yevropa Ittifoqi davlatlari energiya manbalari umumiy hajmining 20
foizigacha boʻlgan miqdorda muqobil energiyadan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Daniyada energiya manbalari umumiy hajmining 21,3 foizini shamol energiyasi
orqali ta’minlanadi
27
. Janubiy Koreyada asosiy e’tibor sanoat sohasini, energetika
va investitsiyalar orqali yashil transportni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash,
shaharga yaqin sohil boʻylarini rivojlantirishga qaratilgan.
25
Воронина А.А. Социальное предпринимательство в сфере «зеленой» экономики: Основные тенденции
развития // Концепт. 2016, Т.41,с. 60 – 64.
26
Щетинина Н.И. «Зеленая» экономика в деятельности гостиничного бизнеса стран ЕС // Вестник МГЦИО
университета. 2013, с. 254 – 260
27
Аскаров И.М., Егорова М.С. Проблемы финансирования перехода на «зеленую» экономику // Молодой
ученый. 2015. с. 396 – 399.
|
| |