|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
17
etildi: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish tabiiy resurslar, shu jumladan suvdan nooqilona
foydalanish,
havoning
ifloslanishi,
oʻrmonlarning qisqarishi, yerlarning
degradatsiyaga uchrashi va iqlim oʻzgarishi kabi ekologik muammolarni hal etishda
yordam beradi.
Yuqori darajadagi IT koʻnikmalariga ega boʻlgan aholi ulushining
oshishi “yashil” bandlikning oʻsishiga boshqa omillarga nisbatan koʻproq ta’sir
koʻrsatadi.
2022-2023-oʻquv yilida tayyorlanadigan kadrlarning 30 foizdan ortigʻi
“Yashil iqtisodiyot”ga mos keladi. Bu koʻrsatkich 2019-2020-oʻquv yilida 5 foizni
tashkil etgan
31
.
“Yashil iqtisodiyot” insoniyat va tabiatning barqaror va muvozanatli ozaro
ta’sirini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy rivojlanish konseptsiyasidir. “Yashil
iqtisodiyot”ning asosiy gʻoyasi atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish va tabiiy
resurslardan unumli, barqaror foydalanish orqali boylik yaratish va aholi
faravonligini ta’minlash hisoblanadi. Bu orqali biz nima demoqchimiz, “Yashil
iqtisodiyot” neft mahsulotlari va boshqa qazilma boyliklarini iste’mol qilishdan
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga oʻtishga ifloslantiruvchi
moddalar emissiyasini kamaytirishga, ishlab chiqarishning energiya samaradorligini
oshirishga, ekologik toza texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga undaydi.
Uning maqsadi tabiiy resurslarni tejash, ifloslanishni kamaytirish, hozirgi va kelajak
avlodlar faravonligini ta’minlaydigan barqaror iqtisodiy modellarni yaratishdir.
Hozirgi kunda dolzarb boʻlib kelayotgan muammolardan biri havonining
ifloslanishidir. Ayni kunlarda Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrining havosi
sezilarli darajada ifloslanib ketgan. 2024- yilning 17-yanvar tongida Toshkent shahri
havoning iflosligi boʻyicha IQAir reytingida dunyo boʻyicha 8-oʻringa chiqdi. Bu
boradagi onlayn indeksni IQAir portalida koʻrishingiz mumkin. Jahon sogʻliqni
saqlash tashkilotining xabar berishicha, havo ifloslanishi koʻrsatkichlari orasida
salomatlik uchun eng katta xavf tugʻdiradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir
32
.
Mutaxassislar fikriga koʻra, uzoq vaqt davomida yogʻingarchilikning yoʻqligi,
kuchsiz shamollar, haroratning inversiyasi atmosfera havosining turgʻunligiga
imkon bergan. Buning natijasida ifloslantiruvchi moddalarning toʻplanishi
kuzatilgan. Va yana barchaga ayonki, ishlab chiqaruvchi korxona-firmalarning,
sexlarning koʻpayishi natijasida chiqayotgan zaharli tutunlar ham havoning
ifloslanishiga ancha katta ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, yaqin besh yil ichida Toshkent shahrida daraxtlar kesilish
sur’atlari ham tezlashgan. Bu oʻz-oʻzidan havo almashish vositasi, daraxtlar oʻrniga
qurilish inshootlari, binolar qurilgan. Bu bir tarafdan iqtisodiy rivojlanishimizga
foyda keltirsa, ikkinchi tarafdan ekologiyaga zarardir. Bu muammo, faqat, bizda
emas boshqa davlatlarda ham kuzatilib turiladi. Shu kabi muammolarni bartaraf
etish uchun “Yashil iqtisodiyot” tizimi ishlab chiqilgan. 2030-yilgacha
Oʻzbekiston Respublikasida “Yashil” iqtisodiyot”ga oʻtish va “yashil” oʻsishni
ta’minlash boʻyicha harakatlar rejasiga muvofiq “Уashil” turdagi faoliyatni
tasniflash uchun Milliy “yashil” taksonomiyani ishlab chiqish nazarda
31
https://daryo.uz/2023/01/18/ozbekistonda-yashil-iqtisodiyotni-rivojlantirish-uchun-qanday-mutaxassislar
tayyorlanadi.
32
https://www.iqair.com/ru/world-air-quality-ranking.
|
| |