• EKOLOGIK MADANIYAT, EKOLOGIK TAFAKKUR VA EKOLOGIK BOSHQARUV YASHIL IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA
  • Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/520
    Sana16.05.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #237908
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   520
    Bog'liq
    03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 
    1.
     
    https://daryo.uz/2023/01/18/ozbekistonda-yashil-iqtisodiyotni-
    rivojlantirish-uchun-qanday-mutaxassislar-tayyorlanadi. 
    2.
    https://www.iqair.com/ru/world-air-quality-ranking 
    3.
     
    https://www.journals.uz/wp-content/uploads/2019/07/iqtisod-2019-
    01/54-60.pdf 
    4.
     
    https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/uzbekistonda_milliy_yas
    hil_iqtisodiet_taksonomiyasi_joriy_etiladi. 
     
     
    33
    https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/uzbekistonda_milliy_yashil_iqtisodiet_-taksonomiyasi 
    joriy_etiladi
     


    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
     
    19 
    EKOLOGIK MADANIYAT, EKOLOGIK TAFAKKUR VA EKOLOGIK 
    BOSHQARUV YASHIL IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH OMILI 
    SIFATIDA 
    H.Aynaqulov, Jizzax Politexnika instituti dotsenti 
    Mamlakatimizda “Yashil iqtisodiyot sari” ildam harakat qilgan holda 
    chiqindisiz texnologiyani joriy qilishni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy va 
    siyosiy sohalarda keng koʻlamli taraqqiyot sari yuksalishlar, strategiyalar amalga 
    oshirilmoqda. Bunga iqtisodiy asos sifatida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish 
    sharoitida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda xususiy 
    tadbirkorlikni rivojlantirish tufayli koʻp ukladli iqtisodiyot shakllandi va faoliyat 
    koʻrsatmoqda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar bozor talablari asosida ishlab 
    chiqarishga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilmoqdalar, mavjud ishlab 
    chiqarish fondlari texnik modernizatsiya asosida faoliyat koʻrsatmoqda. Shunga 
    mutanosib ravishda, ishlab chiqarish tuzilmasi ham diversifikatsiya qilinmoqda. 
    Ushbu toifadagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, 
    iste’mol bozorlarini tovar va mahsulotlar bilan toʻldirish, aholining bandligini 
    ta’minlash bilan birga, xoʻjaliklar daromadining asosiy obyektiga aylanib 
    bormoqda. 
    Ammo ta’kidlash joizki, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 
    mahalliylashtirish dasturi doirasidagi yashil iqtisodiyot sari faoliyatlari ancha sust 
    ahvolda, bu esa oʻz navbatida, mahsulot tannarxini oshirib, oqibatda ularning 
    samaradorlik koʻrsatkichlarini past darajada qoldirmoqda. 
    Mahalliylashtirish dasturi doirasida ular tabiat bilan oʻzaro muloqotda boʻladi, 
    natijada atrof-muhit va jamiyatga oʻzining ta’sirini oʻtkazadi. Shularni inobatga 
    olgan holda roʻy berib turadigan hodisa boʻlgan taqchillikning oldini olish 
    maqsadida asosiy vazifalardan biri tabiiy resurslardan, shuningdek, ikkilamchi 
    resurslardan oqilona foydalanish, bu sohadagi ishlar koʻlamini yanada kengaytirish, 
    ular salohiyati imkoniyatlarini toʻliq izga soluvchi mexanizmlar, yoʻnalishlar va 
    usullarni qidirib topish hamda amaliyotda qoʻllay olish kun tartibiga qoʻyilishi lozim 
    boʻlgan masalalardan biridir. 
    Ana shunday yoʻllardan biri – tabiat va inson, tabiat va jamiyat nuqtayi – 
    nazaridan, ekologik ong, qarashlar orqali yashil iqtisodiyot sari yoʻnaltirilgan 
    ekologik madaniyatni shakllantirishdir
    34

    Xoʻjalik amaliyotida avvalom bor, asosiy subyekt boʻlib inson ishtirok etadi, 
    inson ijtimoiy tizimda asosiy boʻgʻin, boshqaruv obyekti va subyektidir. Inson oʻz 
    faoliyati bilan tabiatga, jamiyatga va atrof-muhitga ta’sir etsa, u boshqaruv 
    subyektiga aylanadi
    35
    . Inson oʻzini-oʻzi, fikrini, xulqini, ishlari va harakatlarini ham 
    boshqaradi. Shu boisdan ham, ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyat orqasidan 
    inson madaniyati yuzaga keladi.
    Inson oʻzi qachonki qilayotgan ishidan samara ololsa, uni qanoatlantirsagina 
    yuqori madaniyatli nuqtaga yetadi, unda ijobiy tafakkur paydo boʻladi. 
    34
    Aйнакулов M.A., Xудойбердиев Б.Б. Хозяйственные кластеры и их основные направления // Общество. – 
    2020. – №. 1. – с. 32-36.
    35
    Abdukhamidovich A.M., Tairovich A.A. Development of Household Activities in Jizakh Region and Its 
    Institutional Fundamentals //JournalNX. – С. 602-606.

    Download 8,74 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   520




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish