“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
20
Insonlarda
tabiatga, jamiyatga va atrof-muhitga nisbatan ijobiy tafakkurning
shakllanishida quyidagilar birlamchi hisoblanadi:
- xoʻjalik yuritishning tabiat bilan muloqotsiz boʻlmasligi va shu boisdan ham
betakror tabiatga munosabatning shakllanishi
36
;
- tabiiy resurslarning tabiat tizimidagi tutgan oʻrni, manbalari, xoʻjalikda
foydalanish xususiyatlariga koʻra cheklanganligi;
- resurslar cheklanganligi sababli
ulardan oqilona foydalanib, mamlakatning
betakror tabiatini kelajak avlodlarimiz boʻlgan farzandlarimizga asl holda qoldirish.
Yuqorida qayd etilgan birlamchi hisoblangan zaruratning insonlar tafakkuridan
ijobiy oʻrin olishida,
avvalom bor, oilaning, shuningdek, ta’lim
muassasalari,
fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarining keng ishtiroki zarur boʻladi.
Atrof-muhit muhofazasi boʻyicha keyingi bosqich yoʻnalish bu – inson xoʻjalik
faoliyatida, ayniqsa, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda potensial xom ashyo
hisoblangan chiqitlar, ya’ni ikkilamchi resurslarning toʻplanishi
va ulardan
foydalanish samaradorligidadir.
Mamlakat oʻzining taraqqiyot strategiyasi yoʻlida oʻzining tabiiy boyliklariga
tayanar ekan, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatning
ikkilamchi
resurslari
tuzilmasida
paxta
sanoatining,
toʻqimachilikning, shu jumladan, maishiy chiqitlarning salmogʻi kattadir. Masalan,
bir tonna paxta chiqitlaridan ikki yuz xildan ortiq buyumlar ishlab chiqarish
mumkin. Bundan tashqari mineral xom ashyo hisoblangan rudadan olingan poʻlat,
temirga nisbatan metall lomlarini qayta ishlash 70 % ga arzonga tushadi va bunda
har bir tonna poʻlat hisobiga 1,5
tonna ruda, 0,2 tonna koks moddasi tejaladi, 60
% kam energiya sarflanadi, havoning ifloslanishi 15 % ga, suvning ifloslanishi esa
60 %
ga kamayadi
37
. Materiallardan ikkilamchi foydalanish mamlakat
taraqqiyotining kompleks muammolarini yechishga xizmat qiladi, xususan:
- tabiiy boyliklar oʻzlashtirilmagan holatda, asl holicha kelajak avlod
vakillariga meros boʻlib qoladi;
- birlamchi xom ashyo iste’moli kamayadi;
- yer,suv va atmosferaning ifloslanishi kamayib, atrof–muhit muhofazalanadi,
ekologik barqarorlik vujudga keladi;
- mehnat rusurslarining mehnat shakli oʻzgarib, mehnat unumdorligi oʻsadi,
samaradorlik ta’minlanadi;
- mamlakat xalqaro mehnat taqsimotida oʻz mavqeiga ega boʻladi.
Ikkilamchi resurslar toʻplanishining monitoringini
olib borish va uni qayta
ishlash maqsadida sanoat hududlarida mazkur yoʻnalishga xizmat qiluvchi bir
nechta kichik biznes subyektlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ularning
vazifalariga quyidagilarni kiritish zarur:
- ikkilamchi resurslar shakllanishi va toʻplanishining uzoq muddatli bashoratini
tarmoqlar va hududlar boʻyicha ishlab chiqish, hamda muntazam monitoringini olib
borish;
36
Abdukhamidovich A.M., Abduvaliyevich X.A. Tourist Activity and Its Institutional Fundamentals in Jizak Region
// JournalNX. – С. 597-601
37
Abdukhamidovich A.M., Ikromovich A.B.
The Concepts of Homeworking, Cooperation and Cluster and Their
Interaction // JournalNX. – С. 594-596.