“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
15 
AQSh yashil iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasida asosiy e’tibor muqobil 
energetikaga qaratilgan boʻlib 2030 yilgacha mazkur tadbirlar asosida 65 foizga 
yetkazish belgilangan
28
. Buyuk Britaniyada hozirgi vaqtda yashil loyihalarni joriyga 
va shu asosda iqtisodiyotda 100 mingga yaqin yangi ish oʻrinlarini yaratish ustuvor 
vazifa sifatida belgilangan
29
.
Qator Yevropa davlatlari 2035-2050 yillarda uglerodsiz ishlash tizimiga oʻtish 
va energiya tashuvchilardan butunlay xoli qilish moʻljallangan.
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2022 yil 2 dekabrdagi «2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining 
«yashil» iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish 
boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-436-son qarori qabul qilindi
30
.
Hujjat bilan 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga 
oʻtish va «yashil» oʻsishni ta’minlash dasturi tasdiqlandi. U quyidagi strategik 
maqsadlarga erishishga moʻljallangan: 

issiqxona gazlarining ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35%ga 
qisqartirish; 

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVt 
ga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy 
hajmining 30%idan koʻprogʻiga yetkazish; 

sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20%ga oshirish; 

yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu 
jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish 
hisobiga 30%ga kamaytirish; 

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini 
sezilarli darajada oshirish, 1 mln gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish 
texnologiyasini joriy etish; 

yiliga 200 mln koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 mlrd dan 
oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30%dan ortiqroqqa kengaytirish; 

qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65%dan oshirish va 
boshqalar.
Shunday qilib, yashil iqtisodiyot iqtisodiyotning bir turi boʻlib, uning asosiy 
maqsadi turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan. Hozirgi vaqtda yashil 
iqtisodiyotga oʻtishda qator muammolar uchrab turibdi, bularga investitsiya 
mablagʻlarining yetarli emasligi, rivojlanayotgan mamlakatlarga qoʻshimcha 
talabalarning qoʻyilganligi, hunarmandchilik tarmoqlarining paydo boʻlishi bilan 
ifodalash mumkin. Yashil texnologiyalar energiya resurs tejamkor, uglerod 
chiqindilarini qisqartirish, sof transport, muqobil energiya manbasi boʻlib 
hisoblanadi. “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida 
uchraydigan muammolar yukini qisqarishiga olib keladi. “Yashil iqtisodiyot”ga 
28
Егорова М.С. Содержание «зеленой» экономики: цели и задачи // Современная экономика: проблемы и 
решения, 2014, с.154 – 167. 
29
Сенин А.С., Клепова Т.А. «Зеленая» экономика как инструмент решения экологических проблем» 
Экономика и социум: современные модели развития. 2016, № 1, с.95 – 98 
30
 
https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/uzbekiston_qanday_qilib_yashil_iqtisodietga_utadi
 Ўзбекистон 
қандай қилиб яшил иқтисодиётга ўтади.



Download 8,74 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish