|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
12
sun’iy muhitning strategik oʻrni, landshaft va fazoviy dizayn.
Yashil iqtisodiyot millatning farvonligini oshiradi, energiya resurslaridan
muqobil foydalanish kerakligini koʻrsatadi va ekologiyaga zararli chiqindilarni
chiqarib tashlashning oldi olinadi hamda ekologiyaga ketayotgan sarf xarajatlarni
kamaytiradi
14
. Barcha dunyo mamlakatlari yashil iqtisodiyot barqaror taraqqiyotga
eltuvchi va qashshoqlikka barham beruvchi hisoblanadi.
Shuningdek, yashil iqtisodiyotga oʻtish qator salbiy oqibatlar bilan bevosita
bogʻliq, bular texnologiyalardan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi va zarur
investitsiya darajasini ta’minlay olmaslik, rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy
yordam olish uchun qoʻshimcha shartlarning qoʻyilishi, oltin qazib olishda simob
yordamidan foydalanish
15
. “Yashil” iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlari
quyidagilardan iborat:
- tabiiy resurslardan samarali foydalanish;
- tabiiy kapitalni oshirish va ifloslanishni kamaytirish;
- biologik xilma-xillikning yoʻqolishining oldini olish;
- daromadlarni oshirish va bandlikni ta’minlash
16
.
Yashil iqtisodiyot – innovatsion “yashil” texnologiyalardan foydalanish orqali
barqaror taraqqiyotga erishish vositasidir. Ushbu turdagi texnologiyaga energiya va
resurslarni tejash, uglerodli energiya manbalaridan foydalanishni qisqartirish
hisorblanadi
17
. Yashil iqtisodiyot yashil ipoteka, yashil kredit, yashil loyihalarni
moliyalashtirish, uglerod va atrof-muhit fondlari, yashil sugʻurta kabi elementlarni
oʻz ichiga oladi
18
. Hozirgi vaqtda “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni iqtisodiy oʻsish
sur’atlari yuqori boʻlgan mamlakatlar, masalan, Braziliya, Xitoyda imkoniyat
mavjud
19
.
Yashil iqtisodiyotga muvaffaqiyatli oʻtish birdaniga hal qilinmaydi uning
uchun quyidagilar zarur boʻladi:
- davlat tomonidan qoʻllab qoʻvvatlanishi;
- xususiy investorlar va iste’molchilarning faol ishtirokini ta’minlash.
Davlat tomonidan sohani qoʻllab-quvvatlash borasida ajratilgan investitsiyalar
turlicha taqsimlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda yerdan oqilona foydalanish orqali
yangi shaharsozlik siyosati amalga oshirish uchun ajaratilsa (ekologik shaharlar
paydo boʻladi), rivojlanayotgan mamlakatlarda esa qishloq xoʻjaligi, suv resurslarini
boshqarish va muqobil energiyani ta’minlashga yoʻnaltiriladi
20
.
14
Булганов Ю.В., Набок С.Д. Взаимообусловленность понятий «зеленая» экономика, «зеленый» рост и
устойчивое развитие // Политические науки, 2017, № 5. С. 89 – 91.
15
Ботавина Р.Н. Экологические аспекты «зеленой» экономики в системе экономического роста России // Мир,
2016, Т.7, № 4, с.142 – 147.
16
Ямасова Н.Н. «Зеленая» экономика: вопросы теории и направления развития // Национальные интересы:
приоритеты и безопасность, 2013. с. 33 – 38.
17
Лисковская Е.А., Григорьева К.М. Формирование «зеленой» экономики и устойчивого развития стран и
регионов // Вестник Южно – Уральского государственного университета. Серия: Экономика и менеджмент,
2018, С.15 – 22.
18
Никоноров С.И. К «зеленой» экономике через «зеленые» финансы, биоэкономику и устойчивое
развитие//Русская политология.2017, с.12 –15.
19
Ботавина Р.Н. Экологические аспекты «зеленой» экономики в системе экономического роста России // Мир,
2016, Т.7, № 4, с.142 – 147.
20
Яковлев И.А., Кабир Л.С., Никулина С.И., Раков И.Д. Финансирование «зеленого» экологического роста:
концепции, проблемы, подходы // Финансовый журнал, 2017, с.9 – 21.
|
| |