“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
139
qilgan iqtisodiyot. U ekologik iqtisodiyot bilan chambarchas bogʻliq, lekin koʻproq
siyosiy jihatdan qoʻllaniladigan yoʻnalishga ega.[2]
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash
uchun barcha sohalarda yashil iqtisodiyot texnologiyalarini faol joriy etish 2022-
2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi
vazifalari doirasidagi maqsadlardan biri.
Ushbu maqsadga erishish bir vaqtning oʻzida yashil iqtisodiyot uchun kadrlar
tayyorlash zaruratini ham koʻndalang qoʻyadi.
Shuningdek, mamlakatimizning “yashil” iqtisodiyotga oʻtishini tezlashtirish
maqsadida bu soha uchun kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan,
mamlakat oliy oʻquv yurtlarida (shu
jumladan, hududiy filiallarda) yashil
iqtisodiyotga oʻtish uchun eng zarur mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash,
jumladan, biotexnologlar, muqobil (quyosh va shamol) energetika, shuningdek, suv
va yer resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha muhandislar,
iqlim xavfini
baholash, bioiqtisodiyot boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.
2019-yilning 8-9-iyul kunlari Toshkent shahrida “yashil” iqtisodiyot boʻyicha
normativ-huquqiy bazani va siyosatni takomillashtirish, davlat va xususiy sektor
oʻrtasidagi sheriklik munosabatlari orqali innovatsion “yashil”
investitsiyalarni
qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Yevropa va MDH davlatlarining “yashil”
iqtisodiyot boʻyicha mintaqaviy vazirliklar konferensiyasi oʻtkazildi .[3]
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil iqlimning oʻzgarishi sharoitida samarali,
resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni taʼminlashda oʻzaro bogʻliq
muammolar va ehtiyojlar mavjudligini koʻrsatdi.
Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish
va aholi sonining ortishi
iqtisodiyotning resurslarga boʻlgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda,
shuningdek, atrof muhitga salbiy antropogen taʼsirni kuchaytirmoqda va issiqxona
gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda.
Iqtisodiyot energiya samaradorligining past darajasi,
tabiiy resurslardan
nooqilona foydalanish, texnologiyalar yangilanishining sustligi, yashil iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznes
ishtirokining yetarli emasligi mamlakatni barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor
milliy maqsadlar va vazifalarga erishishga toʻsqinlik qilmoqda.
Mamlakat hududida energiya tejamkorligini taʼminlash maqsadida 2022-yil 9-
sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli
qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PF-
220-son Farmoni ishlab chiqildi.
Bu farmonga asosan, aholi va tadbirkorlik subyektlarining
qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan
taʼminlash hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarda energiya resurslaridan
samarali foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida:
- aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari
qurilmalari xarid qilishini moliyaviy ragʻbatlantirish;