“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
140 
- maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarda, shu jumladan aholi massivlari va 
xonadonlarida muqobil energiya manbalarini qoʻllash boʻyicha manzilli chora-
tadbirlarni amalga oshirish; 
- mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga doir biznes loyihalarining 
jozibadorligini oshirish orqali sohaga xususiy investitsiyalarni kengroq jalb qilish; 
- quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda kichik gidroelektr stansiyalari 
qurilmalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-
quvvatlash amalga oshirilmoqda.[1] 
Bu kabi ragʻbatlantirishlarni amalga oshirish maqsadida 3 yil davomida foizsiz 
boʻlib toʻlash evaziga ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda 
quyosh suv isitish qurilmalarini berish yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, bu kabi 
xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida Moliya vazirligi 2022-yil uchun 100 
milliard soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining bu kabi “yashil” iqtisodiyotga oʻtish 
strategiyalari bilan qisqa muddat ichida eng dolzarb muammolardan biri boʻlgan 
energiya tejamkorligini taʼminlash vazifasi samarali bajariladi. 
Energiya tejamkorligini taʼminlash uchun mos ravishda muqobil elektr 
energiya ishlab chiqarishni oshirish lozim. Shuningdek, bu taklifni amalga oshirish 
uchun elektr-energiya olish usullari (quyosh panellari, gidroelektr stansiyalari - 
GES, shamol elektr stansiyalari – ShES)ni hududlar miqyosida toʻgʻri taqsimlashni 
taklif qiladi: voha viloyatlarida quyoshning muntazam chiqishi sababli quyosh 
panellaridan koʻproq foydalanish, vodiy viloyatlarida shamolning kuchliligi sababli 
shamol elektr stansiyalarini qurishni koʻpaytirish, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon 
kabi oqimli daryolarda gidro elektr stansiyalani salmogʻini oshirish maqsadga 
muvofiq. Bu orqali elektr energiya ishlab chiqarishni hajmini oshirish bilan birga 
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish jarayonini tezlashtirish imkoniyatini yaratiladi. 

Download 8,74 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish