• “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 143
  • Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/520
    Sana16.05.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #237908
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   520
    Bog'liq
    03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

    M.Raximova,
     
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti
     
    Bugun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishlarini insoniyat oldida turgan eng 
    jiddiy muammolardan biri sifatida tan olmoqda. Sayyoramizda oʻrtacha harorat 30 
    yilda bir darajaga oshdi. Yangi turdagi viruslar hamda zararkunandalar paydo boʻldi. 
    Olimlarning fikricha, iqlim oʻzgarishlariga moslashish va oldini olish yoʻlidagi 
    muhim qadamlardan biri “yashil iqtisodiyot”ga oʻtishni jadallashtirishdir. Bu borada 
    mamlakatimizda ham amaliy ishlar boshlab yuborilgan. 
    Xususan, sohaga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. “Qayta 
    tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Gidrometeorologiya 
    faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar, 2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston 
    Respublikasining atrofmuhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi, 2019-2030 yillar 
    davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi, 
    “yashil” iqtisodiyotga oʻtish jarayonini boshqarish tizimini tashkil etish chora-
    tadbirlari toʻgʻrisida” shular jumlasidandir. 


    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
     
    143 
    Qaror bilan tasdiqlangan 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” 
    iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni ta'minlash dasturida bir qator muhim 
    strategik maqsadlarga erishish koʻzda tutilgan. Xususan, Parij kelishuvi 
    majburiyatlariga sodiq qolgan holda issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot 
    birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35 foizga 
    qisqartirish mas'uliyati yuklatilmoqda; 
    Ushbu maqsadlar uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish 
    quvvatini 15 GVt.ga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab 
    chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan koʻprogʻiga etkazish vazifalari 
    belgilanmoqda; 
    Sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish, yalpi 
    ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, 
    qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foiz 
    kamaytirish maqsadlari belgilanmoqda; 
    Orol dengizi ekologik halokati oqibatlarini yumshatish choralari koʻrilmoqda. 
    Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini 
    oshirish, qishloq xoʻjaligida tomchilatib sugʻoriladigan yerlarni 1 million 
    gektargacha kengaytirish va oziq-ovqat ekinlari hosildorligini 20–40 foizga oshirish 
    vazifasi belgilanmoqda; 
    Shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish 
    samaradorligini sezilarli darajada oshirish maqsadida 1 million gektargacha 
    maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyasini joriy etish yiliga 200 million 
    koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali 
    shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish, oʻrmon fondi 
    zaxiralari koʻrsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa etkazish mamlakatda 
    ekologik barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Oʻzbekiston 
    Respublikasi 
    Prezidentining 
    2022-yil 
    2-dekabrdagi
    “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga 
    qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 
    PQ-436-son qarorida yashil iqtisodiyotga oʻtishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib 
    chiqib, davlat organlari boshqaruv xodimlarining boshqaruv va rejalashtirish 
    salohiyatlarini oshirish, yashil oʻsish choralarini rejalashtirish, amalga oshirish 
    borasida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining salohiyatini 
    oshirish boʻyicha seminarlar tashkil qilish hamda Yashil» oʻsish choralarini 
    rejalashtirish, amalga oshirish borasida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi 
    organlarining salohiyatini oshirish va boshqa yoʻnalishlarda salohiyatni oshirish 
    boʻyicha seminar treninglar tashkil etish belgilangan. Shu sababli 2023 yilda ushbu 
    yoʻnalishda mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan seminarlar tashkil qilindi. Mazkur 
    seminarda ishtirokchilarga yashil iqtisodiyotning asossiy tshunchasi va maqsadlari 
    boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.Xususan 2023 yil 20-22-iyun kunlari “Yashil” oʻsish 
    va “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni rejalashtirish, amalga oshirish va natijadorlikni 
    doimiy baholab borish boʻyicha 3 kunga moʻljallangan onlayn seminar treningda 
    asosiy maqsad “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni rejalashtirish, amalga oshirish va 
    natijalarni doimiy baholab borish boʻyicha davlat va xususiy tashkilotlarning 



    Download 8,74 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   520




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish