“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
151 
boʻlsa-da, ekologik muammolar iqtisodiy rivojlanish jarayonida tabiatni muhofaza 
qilish zarurligini e’tiborga olish bilan cheklanib qolgan. Bu davrda atrof-muhitning 
degradatsiyalashuviga bagʻishlangan qator xalqaro anjumanlar oʻtkazildi. Jumladan, 
1955-yilda dunyoning yirik shaharlarida zaharli gazlardan oʻlim holatlarining 
koʻpayishi atmosferaning ifloslanishiga bagʻishlangan birinchi xalqaro konferensiya 
oʻtkazildi. Xalqaro darajada muvofiqlashtirish va kelishuvning yoʻqligi, biznes va 
atrof-muhit muhofazasi borasidagi vazifalarning bir-biriga toʻgʻri kelmasligi 
xalqaro miqyosda ekologik kuchlami toʻliq ishga solish imkonini bermas edi. BMT 
Bosh Assambleyasi 1962-yil 18- dekabrda “Iqtisodiy rivojlanish va tabiatni 
muhofaza qilish” (1831(XVII) toʻgʻrisidagi rezolutsiyasini qabul qildi
163

Ikkinchi bosqich - 1960-1970-yillarni oʻz ichiga oladi. Ushbu bosqichda 
barqaror iqtisodiy rivojlanish tufayli tabiiy resurslardan jadal sur’atlarda intensiv 
foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish iqtisodiyotning moddiy-resurs bazasini 
izdan chiqarishi va inson turmush farovonligining pasayishiga olib kelishi 
toʻgʻrisidagi bahsmunozalar kuchaydi. Muhokamalardagi bosh gʻoya - tabiiy 
resurslami va inson uchun qulay atrof-muhitni saqlab qolish maqsadida tejamkor 
(ratsional) iqtisodiyotni shakllantirishdan iborat edi. 1970-yillarda tabiiy resurslar 
muhofazasiga bagʻishlangan turli xil tashkilotlaming harakat 
dasturlari shakllana 
boshladi. 
Uchinchi bosqich -1980-1990-yillar. Ushbu davr rivojlangan mamlakatlarda 
“yashil” texnologiyalaming jadal sur’atlarda rivojlanish bosqichi boʻlib, ekologik 
modemizatsiya gʻoyasi ilgari surildi.
Mazkur gʻoyaning asosiy mazmuni iqtisodiy 
oʻsish va sanoatning rivojlanishi ekologik jihatdan moslashishi iqtisodiyot nuqtayi 
nazaridan maqsadga muvofiq ekanligi bilan izohlanadi. 1983-yilda Atrofm uhit va 
rivojlanish boʻyicha Butunjahon komissiyasi tashkil etildi
164

“Yashil iqtisodiyot”ning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan 
foydalanish koʻrsatkichlari oshirish doirasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-
tadbirlari loyihalari va “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta 
tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish boʻyicha ham 
qator maqsadlar belgilab qoʻyilgan.
165
Jumladan: 
- qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming MVtga hamda jami 
isteʼmoldagi ulushini 40 foizga yetkazish; 
- sanoatda “yashil sertifikat”lar bozorini rivojlantirish va “ekologik 
markirovkalash” amaliyotini joriy qilish; 
- ekologiyaga zarar yetkazmaydigan infratuzilmani shakllantirish va sanoat 
korxonalarida “aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot” amaliyotini joriy qilish 
jarayonlarini ragʻbatlantirish rejalashtirilgan. 
Shuningdek, 9 GVt quyosh va 5 GVt shamol elektr energiyasi stansiyalari 
davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etiladi. Hamda quvvati 1,9 GVt boʻlgan 28 
ta gidroelektr stansiyasi quriladi. 
163
https://www.un.org/ru/ga/17/docs/17res.shtml 
164
https//www.un.org/ru/ga/pdf/brundtland.pdf 
165
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ma’lumotlari https://minenergy.uz/uz/news/view/3159



Download 8,74 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish