“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
148 
yirik investitsiyalarni (yiliga YaIMning 2 foizigacha) talab qiladigan murakkab 
jarayon bo`lib, iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga ta`sir qiladi
159
. Jahon 
tajribasi shuni ko`rsatadiki, "yashil iqtisodiyot" mintaqaviy rivojlanishni 
rag`batlantiradi, ijtimoiy barqarorlikka ko`maklashadi, "yashil iqtisodiyot" 
tarmoqlarida yangi ish o`rinlarini yaratish orqali iqtisodiy salohiyatni oshirishga 
erishish mumkin. 
Ekologik yo`naltirilgan rivojlanish siyosatini olib borish sur`ati innovatsion 
rivojlanish va innovatsion o`zgarishlar hisobiga jadallashmoqda. Dunyo bo`ylab 
umumiy ixtirolar soni 2000-yildan buyon 2017-yilgacha 30%ga ortgan bo`lsada, 
iqlim o`zgarishini qisqartirishga yordam beradigan innovatsion texnologiyalar soni 
esa shu vaqt davomida uch barobar ortdi. Bunday texnologiyalarning deyarli 90%i 
OECD mamlakatlari hissasiga to`g`ri keladi. Innovatsion texnologiyalar orqali past 
narxlarda ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin, bu, o`z 
navbatida, yangi biznes imkoniyatlari va yangi bozorlar paydo bo`lishini 
ta`minlaydi. Mamlakatlar miqyosida tahlil qilinganda, Germaniya iqtisodiyotning 
barcha sohalariga yashil tamoyillarni joriy etishda chiqindisiz ishlab chiqarish siklini 
yaratgan ushbu sohadagi ilg`or davlatlardan biridir. Germaniya chiqindilarni qayta 
ishlash hamda ulardan qayta foydalanish bo`yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. 
Germaniyada patentli texnologiyalarning 23 foizi atrof muhit sohasiga to`g`ri keladi 
va shamol, quyosh energetikasi sohasidagi kompaniyalarning 30 foizdan ortig`i 
nemis kompaniyalariga tegishli. Yashil sektorda, ya`ni atrof-muhit va iqlimni 
muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan sohalarda (energiya, transport, qayta ishlash, 
chiqindilarni yo`q qilish va boshqalar) nemis korxonalaridagi faoliyat yuritayotgan 
ishchilar soni, taxminan 2 million kishini yoki jami iqtisodiy faol aholining 4,5 
foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda bu ko`rsatkich o`sish tendensiyasiga ega. 
Ekologik innovatsiyalar sohasida Shvetsiya tajribasi muhim ahamiyatga ega. 
Shvetsiya - qayta tiklanadigan energiya va mahalliy yoqilg`i manbalaridan 
foydalanish bo`yicha jahonda yetakchi mamlakat hisoblanadi. Yel universiteti 
olimlari tomonidan sayyoradagi "yashil" mamlakatlar ro`yxatini ishlab chiqilganda, 
Shvetsiya ushbu reytingda birinchi o` rinni egallagan. Bugungi kunda mamlakat 
hukumati iqtisodiyotning barcha sohalarida yashil tamoyillarni joriy etish bo`yicha 
faol siyosat olib bormoqda. Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya 
manbalari asosiy va ustuvor yo`nalishlar bo`lib, energetika va atrof-muhitni 
muhofaza qilish sohasi siyosat darajasiga chiqarilgan. Shvetsiyada maishiy 
chiqindilarning 96 foizi yo`q qilinadi, bu dunyodagi eng yuqori ko`rsatkichlardan 
biridir. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga o`tishda uy egalariga soliq 
imtiyozlari beriladi. Shuningdek, avtomobil uchun ekologik toza yoqilg`idan 
foydalanadigan avtomobil egalari uchun soliq ham kamaytiriladi. Bundan tashqari, 
shaharda bepul mashinajoylari ham taklif etiladi. Mamlakatda bunday 
avtomobillarning ulushi yildan yilga oshib bormoqda. Bular, albatta, mamlakat 
ekologiyasiga o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatuvchi qo`shimcha chora-tadbirlar 
guruhiga kiradi. Ekologik investitsiyalar uchun moliyaviy imtiyozlar bo`yicha 
159
Xakimova Nargiza Axadjon qizi/Yashil iqtisodiyot"ga o`tish yo`nalishlari va ustuvorlik xususiyatlar/Iqtisodiyotda 
innovasiya jurnali/02.2018.54 b



Download 8,74 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish