|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 146/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
149
Gollandiya tajribasiga qaraydigan bo`lsak, Gollandiya MIA va VAMIL -
Gollandiyalik kompaniyalar tomonidan ekologik texnologiyalardan foydalanishga
rag`batlantirishning ikki alohida choralari sifatida qaraladi.MIA va VAMIL
Gollandiyada alohida-alohida rag`batlantiruvchi choralar hisoblansada, bu chora-
tadbirlar juda ko`p o`xshashliklarga ega.
MIA kompaniyalarga ularning investitsion qiymatining 36%igacha ekologik
investitsiyalarni ayirib tashlash imkonini beradi. MIA tizimi bilan foyda
qo`llaniluvchi soliq tartibi va kapital qo`yilmalarga bog`liq (korporativ yoki
daromad solig`i). Soliqdan chiqarib tashlanadigan kapital qo`yilmalarning foizdagi
ulushi ekologik ro`yxatda aniq belgilangan. Kapital qo`yilmalar va qo`llaniluvchi
texnologiyalar xususiyatiga bog`liq holda 15, 30, 40% ayirib tashlanishi mumkin.
Ikki tizimdan ham har qanday kompaniya foydalanishi mumkin. Shu bilan birga,
ariza beruvchilarning 93%ini kichik va o`rta korxonalar tashkil qilib ularning
ko`pchiligi qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanadi, sababi bu sektorlarning tarmoq
birlashmalari korxonalarga ushbu soliq vositasidan foydalanish natijasida olinuvchi
imkoniyatlarni samarali belgilaydi
160
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, "yashil iqtisodiyot" mintaqaviy rivojlanishni,
ijtimoiy barqarorlikka erishishni, "yashil iqtisodiyot" tarmoqlarida yangi ish
o`rinlari yaratilishi orqali iqtisodiy salohiyatni oshirishni rag`batlantiradi . "Yashil
iqtisodiyot", asosan, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beradi va yalpi ichki
mahsulotning o`sishini, mamlakat daromadlarini oshirishni, aholini ish bilan
ta`minlash, mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytirishni ta`minlaydi. Shu bilan
birga, "yashil iqtisodiyotga" o`tish iqlim o`zgarishi, foydali qazilma minerallarning
yo`qolishi va suv resurslarining tanqisligi kabi global tahdidlar xavfini
kamaytiradi.Ammo butun jahon rivojlanishini olib qaralsa, uning umumiylik
xususiyati namoyon bo`ladi, ya`ni, bugungi dunyo sivilizatsiyasi kuch to`plagan, oʻz
qudratining eng yuqori nuqtasiga yetgan vaqtda jahonning barcha mamlakatlari
iqtisodiy rivojlanishda ekologik yo`naltirilgan model tanlanmas ekan, globallashuv
sharoitida butun sayyoraning asta-sekin tanazzulga yuz tutishi va butunlay yo`q
bo`lib ketishgacha borish xavfi yuzaga keladi, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
|
| |