|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 225/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
230
bormoqda. Poytaxtimizdagi aksariyat jamoat transportlari ya’ni avtobuslar ham
elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirildi. Bu ham yashil iqtisodiyot sari bir
qadam ekanligini ta’kidlab oʻtmoq lozim. Shuningdek, atrof-muhitga zararli
gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan, ekologik toza texnologiyalarni
yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga ham alohida
ahamiyat berish lozim boʻladi. Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi
sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish alohida ahamiyatga ega
boʻlib, u ishlab chiqarishning katta samara berishi, hududlarning tabiiy resurs
imkoniyatidan tejab foydalanish asosida maksimal foyda olish, aholi yashashining
normal ekologik sharoitini saqlash va yaxshilashni ta’minlaydi. Bunda ayniqsa,
tabiiy resurslardan foydalanish, homashyo va yoqilgʻini qayta ishlashda chiqitsiz
texnologiyalarini qoʻllash katta ahamiyatga ega.
233
Hozirgi paytda tabiatda foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish eng
muhim muammo hisoblanadi. Shu munosabat bilan tabiatga yetkaziladigan zararga
va unga ma’sulyatsizlik bilan munosabatda boʻlishga, ekologik ifloslantiruvchi
mahsulotlarni
ishlab
chiqarishga
yoʻl
qoʻymaslik.
Ekologik
muhitni
sogʻlomlashtirish, tabiatdan samarali foydalanishga erishish uchun quydagilarga
e’tibor qaratish kerak:
-
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni mintaqalar va
ekotizimlar boʻyicha ekologik cheklash tizimining qonunchilik va normativlariga
amal qilish;
-
ekologik sogʻlomlashtirish, tabiiy resurslarda unumli foydalanish va ularni
takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirishni ragʻbatlantiruvchi ekologik soliq va toʻlovlar
tzimini qoʻllash;
-
tabiiy resurslar iste’moli limiti, ifloslantiruvchi moddalarni, chiqitlarni
atrof-muhitga chiqarish va tashlash, joylashtirish limitini, shuningdek tabiiy
resurslardan samarali foydalanish koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.
234
Lekin yana bir tomondan, tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda
inson ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta’minlash
maqsadida ne’matlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni tabiiy resurslarni
kamaytirmagan holda amalga oshirish choralarini ham koʻrish dolzarb masalalar
sirasiga kiradi. Aholini doimiy oʻsib boruvchi ehtiyojlarini qondirish uchun qancha
ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish masalasiga
atrof-muhitni asragan holda katta ahamiyat beriladi.
Yashil iqtisodiyot ifloslantiruvchi sanoatlarni dekarbonizatsiya qilishga
qaratilgan bozorning kichik bir burchagi emas. Bu iqtisodiyotning barcha jabhalarini
qamrab oluvchi va atrof-muhitning barcha jabhalariga ta'sir koʻrsatadigan keng va
keng faoliyat ekotizimidir. Oxford Economicsdagi tadqiqotchilar 2050-yilga kelib
ekologik barqaror dunyoga oʻtishni nafaqat iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish
boʻyicha chora-tadbirlar xarajatlari nuqtai nazaridan, balki global iqtisodiyotni
koʻkalamzorlashtirish yaratadigan imkoniyatlardan kelib chiqib oʻrganib chiqdi.
Ular imkoniyatning uchta asosiy turini aniqladilar:
233
‘’Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti’’ 126-bet Toshkent-2010
234
‘’Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti’’ 127-bet Toshkent-2010
|
| |