“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
233 
— Orolboʻyi hududidagi ekologik holatga qaratib, jumladan, bunday dedilar: 
“Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta'sirini his etmoqda. Ming 
afsuski, bunday oʻzgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf 
tugʻdirmoqda”.
236
Shuning uchun ham, “Yashil” iqtisodiyot esa bu muammolarga 
yechim topishda katta roʻl oʻynaydi va pastda berilgan 4 ta yechim bilan biz ekologik 
muammoni qisman boʻlsa ham yechishimiz mumkin. 
 
 
 
 
1-rasm. Ekologik inqirozlar va havo ifloslanishing salbiy oqibatlarini 
yechishda 4 ta yechim
237
 
Tabiiy resurslarni saqlash ― “Yashil” iqtisodiyot, suv, energiya, va boshqa 
tabiiy resurslarni samarali foydalanish orqali saqlashga qaratilgan. Bu, energiya 
tejamkorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, va 
suvni samaradorlik bilan ishlatishni oʻz ichiga oladi. 
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof - muhitga boʻlgan ta’siri 
oʻsib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni oʻsimliklar, hayvonot dunyosi hamda yer osti 
va yer usti boyliklari bilan oʻzaro muloqatda boʻladi. Ekologik muammolar 
kengayib ularni hal etish dolzarb vazifa boʻlib qolgan. Hozirgi davrda bu 
muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik 
madaniyatning oʻrni beqiyosdir. Davlat ekologik siyosatining asoslari Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida oʻz aksini topgan. “Har kim qulay 
atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqiga 
ega. Davlat Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda 
tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar 
koʻradi.”
238
Unga koʻra, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi 
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish 
zarur va ular davlat muhofazasidadir. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik 
faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ifodalaydi: 
Birinchidan, respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, ya’ni 
yuridik ma’noda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish 
yuritadi. 
236
BMT(Birlashgan Millatlar tashkiloti) Assambleyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 75-sessiyasidagi 
nutqi. 
237
Ilmiy manbalarni o‘rganish asosida muallif tomonidan tuzilgan. 
238
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 49-modda “ekologiya atrof muhitni asrash to’g’risidagi” qonuni

Download 8,74 Mb.
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish