|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 236/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
240
iqtisodiyotning barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash.
Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, aynan venchur kapitali va xususiy kapital
milliy "yashil" iqtisodiyotning oʻsishini moliyalashtirishda muhim rol oʻynashi
xorijiy davlatlar tajribalarida koʻp kuzatilgan. Xususan, venchur biznesining vatani
AQSh dagi Kremniy vodiysi boʻlib, u yerda 1957 yilda birinchi marta
tashkillashtirish yoki tuzilish bosqichida boʻlgan va yangi istiqbolli texnologiyalarni
yaratishga qaratilgan kichik hamda oʻrta firmalarni tavakkalli investitsiyalash uchun
pul mablagʻlarini toʻplash usuli qoʻllanilgan edi
244
. Venchur moliyalashtirish
mexanizmi tufayli Kremniy vodiysida Kleiner Perkins Caufield & Vuers, Sequoia,
MayField, GreyLock kabi mashhur firmalar paydo boʻldi
245
.
Butun dunyoda oxirgi 20-30 yilda kuzatilayotgan venchur investitsiyalashning
tezkor rivojlanishi venchur kapitali bozorlarining keskin oʻsishiga olib keldi
246
.
Mamlakatimizda ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik
va innovatsiya sohasida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2019-yil 24-noyabrdagi PF-5583-
sonli Farmoniga muvofiq venchur moliyalashtirishni rivojlantirish maqsadida
“Investitsion va boshqaruv kompaniyalar toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasi ishlab
chiqildi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-sonli Qarori bilan
tasdiqlandi.
Shu bilan birgalikda Respublikada innovatsion gʻoyalar va startap-ekotizimni
qoʻllab-quvvatlash,
innovatsion
infratuzilmani
rivojlantirish
jarayonini
jadallashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“UzVC” milliy venchur fondi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi
Qaroriga muvofiq “UzVC” Milliy venchur fondi tashkil etildi hamda ustav kapitali
15 milliard soʻm miqdoridagi Fondning boshlangʻich ustav kapitali 2020-yil
Oʻzbekiston Respublikasi byudjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan shakllantirildi. Hozirgi kunda
mazkur «UzVC» milliy venchur fondi tomonidan mamlakatimizda venchur
investitsiya bozorini rivojlantirish, venchur ekotizimining me'yoriy-huquqiy
bazasini takomillashtirish, xususiy sektor va davlat oʻrtasidagi aloqa agenti sifatida
ishlash, biznes inkubatsiya va akseleratsiya tizimini rivojlantirish, venchur
moliyalashtirishda moliyaviy savodxonlikni oshirish kabilar borasida bir qator
tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xulosa sifatida aytadigan boʻlsak, "yashil" iqtisodiy oʻsishning roli va uni
moliyalashtirishga yondashuvlar haqidagi qarashlarning evolyusiyasi natijasida
bugungi kunda har bir mamlakat bu sohadagi barqaror rivojlanishni moliyalashtirish
boʻyicha oʻz strategiyasini ishlab chiqishi zarur boʻlib, bunda moliyaviy
resurslarning barcha manbalarini (davlat va xususiy) hisobga olinishi, shu jumladan
noan’anaviy moliyalashtirish manbalarini faol jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
244
Ашурова Н., Атамурадов Ш. "ЎЗБЕКИСТОНДА ВЕНЧУР МОЛИЯЛАШТИРИШНИНГ ЯНГИ
МОДЕЛЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ", Экономика и финансы (Узбекистан), 1 (133), 2020. 143-151.
245
Lee, Chong Moon; Miller, William F.; Hancock, Marguerite Gong; Rowen, Henry S. The Silicon Valley Edge: A
Habitat for Innovation and Entrepreneurship. 2000.
246
https://investprofit.info/venture-world/
sayti ma’lumotlari.
|
| |