|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 235/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
239
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, Orolboʻyida
ekologik tanglik oqibatlarini bartaraf etishni nazarda tutadigan qator strategik va
tarmoq rejalari, dasturlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar orqali amalga
oshirilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning energiya samaradorligi yetarli darajada
emasligi,
tabiiy
resurslardan
oqilona
foydalanmaslik,
texnologiyalar
yangilanishining sustligi, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish uchun innovatsion
yechimlarni joriy etishda kichik biznesning faol ishtirok etmayotgani milliy
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga erishishga toʻsqinlik
qilmoqda.
Mavjud muammolarni hal etish uchun iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kam uglerod sarflagan holda rivojlanish va
resurslarni tejash, samarali va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish,
shuningdek, barqaror qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilgan “yashil” iqtisodiyot
tamoyillarini integratsiya qilish orqali tabiiy va energiya resurslaridan foydalanish
usullarini tubdan oʻzgartirish talab etiladi.
Bunda uzoq muddatli istiqbolda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish quyidagi asosiy
tamoyillarga asoslanishi kerak:
-
barqaror rivojlanish sohasida Milliy maqsad va vazifalarga muvofiqlik;
-
resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish;
-
iqtisodiy hisob tizimiga ekologik va ijtimoiy mezonlarni kiritish;
-
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun “yashil”
vositalar va yondashuvlarni qoʻllash ustuvorligi;
-
eng muhim tarmoqlarda raqobatbardoshlikni oshirish va koʻrsatkichlarni
yaxshilash, “yashil” ish oʻrinlarini yaratish, aholining farovonligini oshirish orqali
mavjud makroiqtisodiy maqsadlarga erishish;
-
resurslardan samarali foydalanish tadbirlarining investitsion jozibadorligini
ta’minlash.
Shu munosabat bilan iqlim oʻzgarishi masalalarini milliy iqtisodiyotning
barqaror rivojlanishiga integratsiya qilishga yoʻnaltirilgan 2019 — 2030-yillar
davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi
tasdiqlandi. Ushbu Strategiyaga koʻra “yashil” iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashning
moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida “yashil”
investitsiyalarni
qoʻllab-quvvatlash
vazifasi
belgilandi.
Bunda
quyidagi
yoʻnalishlarni joriy etish belgilandi
243
:
-
“yashil” kreditlash, venchur moliyalashtirish tizimini joriy etish;
-
“yashil” fondlar, energiya tejamkorligi maxsus fondlari va boshqa xuddi
shunday mexanizmlar yaratish;
-
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishda
xususiy sektorni faollashtirish, shuningdek, “yashil” investitsiyalarga nisbatan bank
tizimini ragʻbatlantirish;
-
fiskal (xazinaga oid) siyosat orqali davlat tomonidan “yashil”
243
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PQ-4477-son qarori. 04.10.2019 y.
|
| |