|
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати Pdf ko'rish
|
bet | 234/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plamiФойдаланилган адабиётлар рўйхати
1.
Ўзбекистон Республикаси 2021 йил 25 февралдаги ЎРҚ-677-сон.
«Аудиторлик фаолияти тўғрисида»ги Қонуни. Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси, 26.02.2021 й., 03/21/677/0155-сон, 21.04.2022 й.,
03/22/765/0332-сон;
2.
Аренс А.Э., Лобек Дж.К. Аудит: Учебник. - М.: Финансы и
статистика, 2001. С.12.
MAMLAKATIMIZDA “YASHIL” INVESTITSIYALARNI
QOʻLLAB-QUVVATLASH VA VENCHUR MOLIYALASHTIRISH
TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
N.Sherkuziyeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Ma’lumki, dunyoda iqlim oʻzgarishi va energiya bozoridagi inqiroz masalalari
"yashil" texnologiyalar deb nomlangan muqobil, ekologik toza va iloji boricha,
qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqishga olib
keldi.
Mamlakatimizda
ham
tarkibiy
oʻzgartirishlarni
chuqurlashtirish,
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash
hamda hududlarni bir maromda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, oʻtkazilgan
tahlillarga koʻra iqlimning oʻzgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va
ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlashda oʻzaro bogʻliq muammolar va ehtiyojlar
mavjudligini koʻrsatmoqda. Binobarin, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi
sonining ortishi iqtisodiyotning resurslarga boʻlgan ehtiyojini sezilarli darajada
oshirmoqda, shuningdek, atrof muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda
va issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda.
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr)
ratifikatsiya qildi va uni amalga oshirish yuzasidan milliy miqyosda belgilanadigan
hissa boʻyicha — 2030-yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot
birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 10 foizga
qisqartirish miqdoriy majburiyatini qabul qildi. Parij bitimi majburiyatlarini bajarish
doirasida issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish boʻyicha oʻrta muddatli ustuvor
vazifalar mamlakatda iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini kamaytirish,
ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta
|
| |