“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
229
faoliyatning ajralmas fazasi boʻlgan ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitni
ifloslanishini keltirib chiqaradi. Soʻngi paytlardagi koʻplab
mamlakatlar atrof-
muhitni muhofaza qilish va yashil barqaror rivojlanishga katta e’tibor berilmoqda.
Bugun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishlarini insoniyat oldida turgan eng
jiddiy muammolardan biri sifatida tan olmoqda. Yangi iqtisodiyot sharoitida
mintaqalarning tabiiy sharoiti va resurslardan foydalanishni ilmiy asoslangan,
ekologik talablarga
mos tizimlarini joriy etish, iqtisodiy resurslarni ijtimoiy
tuzilmalarga
moslashtirish,
tabiiy
resurslardan
foydalanishni
yanada
takomillashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega boʻlmoqda. Ishlab chiqarish
korxonalaridan chiqayotgan bugʻlanish darajasini oshiradigan zararli gazlar va
atmosferaning
keng
koʻlamda
ifloslanishi
muammolarni
yanada
chuqurlashtirmoqda. Hozirda “yashil taraqqiyot” borasidagi
maqsadlarga erishish
uchun jahondagi barcha mamlakatlarning harakatlari yanada faol va samarali
boʻlishi kerakligiga hech kim shubha qilmayapti. Tabiatdan oqilona foydalanish,
uning samaradorligini oshirish uslublari va tizimlarini takomillashtirish, foydalanish
jarayonida tabiatga yetkaziladigan zararli oqibatlarning oldini olish, tabiiy
resurslardan samarali foydalanish, ekologik-iqtisodiy barqaror rivojlanish va
ekologik-iqtisodiy savodxonlikni oshirish bugungi kunda dolzarb masalaga aylandi.
Demak-ki, “yashil taraqqiyot”ga erishish uchun “yashil iqtisodiyot”ga oʻtishimiz va
uni rivojlantirishimiz lozim. Lekin “Yashil iqtisodiyot”ning oʻzi nima, yashil
iqtisodiyotga qanday oʻtiladi degan savollar tugʻiladi.
Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim boʻlib,
uning asosiy maqsadi
sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha
sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda,
inson hayoti va sogʻligʻi uchun zarur boʻlgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani
bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari bilan
bogʻliq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy
faoliyatdir.
232
Yashil iqtisodiyotda bandlik va daromadning oʻsishi uglerod
chiqindilari
va ifloslanishini kamaytirish, energiya va resurslar samaradorligini
oshirish, biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlarining yoʻqolishining oldini olish
imkonini beruvchi iqtisodiy faoliyat, infratuzilma va aktivlarga davlat va xususiy
investitsiyalar orqali ta'minlanadi.
Yashil iqtisodiyotga oʻtishda bir qancha tadbirlarni amalga oshirish kerak.
Birinchi
navbatda, aholi ehtiyojlarini qondirib, ularning faravonligi, yashash
darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne’matlarni
yaratish bilan bir vaqtda
ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ularni koʻpaytirib borish lozim.
Ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak
boʻladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan koʻpaytirishni
tashkil etish. Jamoat transportlarini ham elektr bilan yuradiganlariga almashtirish
shu bilan bir qatorda energiya tejovchi binolarni barpo qilish kabi sohalarda koʻplab
ishlar olib borish darkor. Ayniqsa, transportlardan chiqayotgan zaharli tutun va
gazlar atrof-muhit hamda insonlar salomatligiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Hozirda
yurtimizda elektr quvvati orqali harakatlanadigan avtotransport vositalari koʻpayib
232
www.zarnews.uz