|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 275/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
278
kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan, mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib
olish yoʻli bilan ishtirok etish;
konsessiyalarni olish, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, oʻzlashtirish,
qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek,
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
mulk huquqini, shu jumladan, intellektual mulk ob’ektlariga boʻlgan mulk
huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat
namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obroʻsini (gudvillni), shuningdek,
savdo va xizmat koʻrsatish sohasi ob’ektlariga boʻlgan mulk huquqini ular
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish
va ulardan foydalanish huquqlarini olish.
“Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta kompaniyalari investitsiya faoliyatining
moliyaviy holati tahlil qilish” deb nomlangan va unda Oʻzbekiston Respublikasi
sugʻurta kompaniyalari investitsiya faoliyatining hozirgi holati koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari boʻyicha sugʻurta
kompaniyalari soni 14 foizga oshgan, buning natijasida ularning bozordagi soni 42
ta kompaniyalarga yetgan. Ulardan 8 tasi hayotni sugʻurtalash, qolgan 34 tasi
umumiy sugʻurta sohasida faoliyat yuritadi. Kompaniyalarning umumiy ustav
kapitali oʻtgan yilga nisbatan 106,5 mlrd. soʻmga oshdi va 1,5 trillion soʻmdan
ortiqni tashkil etdi.
2021-yilda Oʻzbekiston sugʻurta bozori oʻtgan yilning mos koʻrsatkichlariga
nisbatan yuqori oʻsish sur’atlarini koʻrsatmoqda. Shunday qilib, umumiy sugʻurta
bozorida sugʻurta mukofotlari hajmi 3,73 trillion soʻmni tashkil etdi va 68,6 foizga
oʻsdi. Bunday oʻsish hayotni sugʻurtalashda ham kuzatildi va 717,03 mlrd.soʻmni
tashkil etdi, bu foizlar nisbatida 114,4 foizga oʻsdi. Bunda qaralayotgan davrda
ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha toʻlovlar 74,35 foizga oʻsdi va mahalliy sugʻurta
kompaniyalarining barcha yakuniy mukofotlarining 3,23 trillion soʻmini yoki 86,54
foizini tashkil etdi.
2017-yildan 2021-yilgacha investitsiya faolligi 290 foizga oshdi. Bunda
depozitlar 5,1 barobar, koʻchmas mulk 7,3 barobar, kreditlar 6,7 barobar oshdi.
2021-yil yakunlari boʻyicha sugʻurta kompaniyalarining bozordagi investitsiya
portfeli hajmi sezilarli oshishi kuzatilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining qaralayotgan davrdagi ma’lumotlari boʻyicha kompaniyalar
investitsiya portfelining joriy hajmi 10 foizga oʻsdi va 3 746,70 milliard soʻmni
tashkil qildi.
Oʻzbekiston Respublikasida ustav kapitalining qonun bilan belgilangan
miqdori koʻpchilik sugʻurta kompaniyalari tomonidan kafolat majburiyatlarini
ta’minlash uchun yetarli darajada katta emas, bu esa ularning jahon sugʻurta
bozorlarida raqobatbardosh boʻlishiga imkon bermaydi. Sugʻurta kompaniyalari
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tuziladi.
Shuning uchun ular aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya
qilish toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etishlari shart. Aksiyadorlik jamiyatlari
toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq zaxira fondini shakllantirishning belgilangan limiti
|
| |