“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
277
qilishi va ularni kelgusida investitsiya maqsadlarida yoʻnaltirish sugʻurta sektorini
ichki iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy manbaiga aylantirishi, milliy
sugʻurta bozorining ijobiy imijini shakllantirish va yuqori
darajada ushlab turish
hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, sugʻurta kompaniyalarining
investitsiya faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda.
Oʻzbekistonda sugʻurta kompaniyalarining
kapitallashuv darajasini, toʻlov
qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning aktivlari sifatini yaxshilash,
shuningdek, sugʻurtalovchilarning investitsiya faoliyatini rivojlantirishga e’tibor
qaratilmoqda. Respublikada “yangi innovatsion sugʻurta mahsulotlarini joriy etish
va talab
yuqori
boʻlgan an’anaviy
mahsulotlarni rivojlantirish orqali
koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari hajmlarini, turlarini
kengaytirish va sifatini
oshirish” 2 vazifasi belgilangan. Mazkur vazifasi ijrosini ta’minlashda sugʻurta
bozori salohiyatidan toʻliq foydalanish, sugʻurta xizmatlarining yanada
rivojlantirish, sugʻurta kompaniyalarining investitsiya faoliyatining moliyaviy
mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
«2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning
taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida»gi, 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonlari,
2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son “Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta bozorini
isloh qilish va jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son “Oʻzbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini
rivojlantirish agentligi
faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori hamda sohaga oid boshqa
me’yoriyhuquqiy hujjatlarda qoʻyilgan vazifalarni bajarishga mazkur dissertatsiya
tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Sugʻurta kompaniyalarining investitsiyalari ichki moliyaviy resurslarning
muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi va oʻz mamlakatlari
iqtisodiy rivojlanishida
muhim rolni oʻynaydi. Investitsiya faoliyat makrodarajada muhim hisoblanadi,
chunki u milliy iqtisodiyotda zarur, mikrodarajada esa har bir sugʻurta
kompaniyasining moliyaviy barqarorligi, raqobatbardoshligi va toʻlov
qobiliyatini
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Sugʻurta kompaniyalarining samarali
investitsiya faoliyati uchun asos mavjud.
Sugʻurta kompaniyalarining xarajatlari sugʻurta toʻlovlari, zaxira fondlari,
oddiy chora-tadbirlar fondi, turli ishlar, boshqaruv xarajatlari va sugʻurta faoliyatini
amalga
oshirish
boʻyicha
boshqa
xarajatlarga
guruhlanadi.
Sugʻurta
kompaniyalarining investitsiya faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish
deganda,
birinchi navbatda, sugʻurtalovchining investitsiya jarayonlariga davlat
ta’sirining yoʻnalishlari va usullari tizimi tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasining
2019-yil 25-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunida investitsiya
faoliyati va bu faoliyatni amalga oshirish tartibi koʻzda tutilgan. Bu Qonunning 6-
moddasida investitsiyalarni amalga oshirish usullari quyidagicha aniqlangan:
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav