|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 304/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
306
асосий тузилма мавжуд бўлиб, улар ўзаро таъсир қилувчи блоклар
мажмуасини ўз ичига олади. Қоида тариқасида, бундай беш ёки олтита блок
мавжуд:
1. Билимларни шакллантириш блоки (университетлар, илмий
институтлар ва бошқалар).
2. Технологияни узатиш блоки (биринчи блок вакиллари учун алоқаларни
таъминлашга қодир бўлган ҳар хил турдаги воситачилар
потенциал харидорлар билан).
3. Молиявий блок (банклар, венчур капитал компаниялари, давлат ва
жамоат фондлари ва бошқалар).
4. Ишлаб чиқариш блоки (ишлаётган ва янги инновацион компаниялар).
5. Кадрлар тайёрлаш блоки (университетлар, шунингдек илмий
кадрларни
шакллантиришга
йўналтирилган
муассасалар,
миллий
муҳандислик мактаблари).
Билимлар иқтисодиёти мамлакатнинг иқтисодий ўсиши ва халқаро
рақобатбардошлигини
таъминлаш
учун
билимлар
яратиладиган,
тарқатиладиган ва фойдаланиладиган бутун тизимга айланмоқда. Бу ерда
фақатгина давлатнинг билимлар иқтисодиётидан тўғри фойдаланишга боғлиқ.
GLOBAL VENCHUR MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINING
TENDENSIYALARI
N.Tursunova, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi dotsenti
Bugungi kunda kapital bozorida korporativ sektor tomonidan moliyaviy
resurslarni jalb qilish shakllari va usullarini takomillashtirish iqtisodiy ilm-fanni
rivojlantirishning dolzarb masalalaridan biridir. Bu holat iqtisodiyotning
globallashuv jarayoni, milliy qimmatli qogʻozlar va kredit bozorlarining jahon
iqtisodiy xamjamiyatiga integratsiyalashuvi, kapital bozori va ushbu bozor
institutlarini shakllantirish, rivojlantirish va zamon talablaridan kelib chiqqan holda
oʻzgartirishni tavsiflovchi jarayonlar va tendensiyalarni aniqlash va tushunish
zarurligini belgilovchi yangi moliyaviy vositalarni yaratish bilan bogʻliq.
Innovatsion tadqiqotlarni venchur moliyalashtirishning asosiy xususiyatlari va
qator afzalliklari quyidagilar bilan izohlanadi:
- innovatsiya loyihasinig dastlabki bosqichidan boshlab noaniqlik va risk
darajasinig yuqoriligi;
- venchur kapitali egalari foiz va ta’minot shartlarini qoʻymaydilar va uzoq
muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri aksiyadorlik kapitaliga sarmoyalar kiritadilar;
- sarmoyalar yuqori ilmiy texnologik loyihalarga kiritilishi va daromadligiga
qarab tarmoqlararo taqsimlanishi;
- venchur investorlar faqat mablagʻ ajratish bilan chegaralanib qolmaydilar,
ular korxona boshqaruvida faol qatnashib oʻz tajribalari, malakalari, biznes
hamkorlari bilan yordam berib, keraklicha imkoniyatlar yaratib, venchur kichik
korxonasiga «ilm – ishlab chiqarish» jarayonidagi barcha sharoitlar yaratib beradi.
Venchur moliyalashtirish boʻyicha xalqaro amaliyotni tahlil qiladigan boʻlsak,
Jahon venchur investitsiya bozorining hajmi 2023-yil oxirida 345,7 milliard dollarni
|
| |