|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 306/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
308
Crunchbase ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilda 21,5 milliard dollar miqdoridagi
kapital shakllantirilgandan soʻng, Web3 texnologiyalari bilan ishlaydigan startaplar
2023-yilda qariyb 7,8 milliard dollar daromad olgan. Shu bilan birga, sun’iy intellekt
e’tibor markazida: 2023-yilda tegishli loyihalarga 50 milliard dollar investitsiyalar
jalb qilingan, oʻz navbatida ushbu koʻrsatkich oʻtkan yilgiga nisbatan 9 foizga
koʻpdir. Ushbu bozordagi eng katta mablagʻlar OpenAI, Anthropic va Inflection AI-
ga yoʻnaltirildi, ularning birgalikdagi shakllantirilgan mablagʻlar hajmi 2023 yilda
18 milliard dollardan oshkanligini qayd etish mumkin. Mutaxassislarning fikricha,
2023-yil startaplar tarixidagi eng yomon yillardan biri boʻldi. Mutaxassislarning
ta'kidlashicha, butun venchur sanoati chuqur inqirozda: loyihalar investorlarni
topmasdan bankrot boʻladi va ular yoʻqotishlarni ommaviy ravishda hisobdan
chiqaradi hamda oʻz mablagʻlari va hamkorlariga zarur rentabellikni ta'minlay
olmaydi. Venchur kapitaliga investitsiyalarning daromadliligining pasayishi fondlar
uchun yangi mablagʻlarni jalb qilishni qiyinlashtiradi, bu esa startaplarga potentsial
investitsiyalar hajmini yanada cheklaydi. Bundan tashqari, 2024 yilda bozordagi
vaziyat yomonlashishi mumkin. Financial Times kompaniyasining yetakchi
ekspertlari tomonidan ta’kidlanganidek, venchur kapitalistlar uchun oʻz sheriklari -
institutsional investorlar faolligining pasayishi tufayli moliyalashtirishning yangi
bosqichlarini oʻtkazish tobora qiyinlashib bormoqda. Nashr kuzatuvchilari
ta’kidlashicha, butun dunyo boʻylab foiz stavkalarining oshishi IT sohasiga sarmoya
kiritishni riskli va qimmatroq qilmoqda. Ularning ta'kidlashicha, bir qator yirik
venchur fondlari, jumladan Insight Partners va Tiger Global investitsiyalarni jalb
qilish rejalarini qisqartirgan, bu esa global venchur investitsiya bozoridagi vaziyat
yomonlashayotganining qoʻshimcha dalilidir.
|
| |