|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 333/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
334
Toʻrtinchidan, respublikamizda aksariyat aksiyadorlik jamiyatlar kapitali
tarkibidagi xususiy va qarz kapitali miqdoridagi maqbul me’yorining mavjud
emasligi, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari kapitali tarkibidagi qarz kapitali
ulushining yuqori darajada ekanligi, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy
mustaqilligi oʻz ta’sirini oʻtkazishi bilan birga uning risk darajasini ham oshib
ketishiga olib keladi. Shu sabali, aksiyadorlik jamiyatlari kapitali tarkibida
muvozanatning me’yoriy darajasini saqlash, aksiyadorlik jamiyatlari risk darajasini
bir maromda saqlash bilan birga, aksiyadorlik jamiyatlari bankrotlik ehtimolligini
ham oldini olishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, rivojlangan mamlakatlar
qatori kompaniyalar kapitalini baholash hamda kapital boshqaruv samaradorligini
oshirishda baholashning rivojlangan mamlakatlar standartlari tamoyillari boʻyicha
Oʻzbekistonning milliy standartlari tizimini muvofiqlashtirish koʻzlangan
maqsadlarga yetishda katta imkoniyatlar beradi. Shuningdek, bunday amaliyotni
tadbiq natijasida nafaqat aksiyadorlik jamiyatlari investitsion salohiyati va uning
kapital risklilik darajasi aniqlanadi balki mamlakat risklilik darajasini baholash
jarayoni paydo boʻlganidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Xudoyqulov X.X. Aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini
baholashning metodologik asoslarini takomillashtirish. i.f.d. (DSc) ilmiy darajasini
olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati – Toshkent 2021 y.
2.
Eshov
M.P.
Korxonaning
fundamental
qiymatini
boshqarish
metodologiyasini takomillashtirish. i.f.d. (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim
etilgan dissertatsiya avtoreferati – Toshkent 2020 y.
3.
Usmonov
B.A.
Aksiyadorlik
jamiyatlari
kapitalini
boshqarish
samaradorligini oshirish yoʻllari. PhD ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
dissertatsiya avtoreferati – Toshkent 2022 y.
4. Liu, J., Nissim, D., and Thomas, J. «Is Cash Flow King in Valuations»?
Financial Analyst Journal, 2007 Vol 63, Issue 2, pp.56-65.
|
| |