|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 331/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
332
навязать потребителю ошибочное представление о том, что он полезен
покупателю).
MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI
OSHIRISH ISTIQBOLLARI
X.Xasanov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti
Mamlakatimizda kapital bozori bilan birga moliya bozorining rivojlanishi
natijasida aksiyadorlik jamiyatlarlarida moliyaviy instrumentlarni emmisiya qilish
va uni monitoring qilish aksiyadorlik jamiyatlarlari uchun yirik miqdordagi
investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini yaratmoqda. Xususan, bunday
jarayonlarni nazorat qilish va moliyaviy instrumentlarni emissiya qilish bilan bogʻliq
jarayonlarda aksiyadorlik jamiyatlari kapital qiymatini real baholash hamda kapital
boshqaruv samaradorligini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan ba’zi bir muammolarga
duch kelayotganligini koʻrishimiz mumkin. Oʻzbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari
kapitali va uni samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks me’yoriy hujjat yetarli
emasligi, xususan, kapital boshqaruv samaradorligini oshirishning halqaro
tamoyillari asosida baholash boʻyicha yagona tizim mavjud emasligi, baholash
qoʻllaniladigan tamoyillar, qarz kapitalini baholash, kapital qimatini baholash bilan
birga terminal qiymatni hisoblash usulidan foydalanilmasligi, kapital boshqaruv
samaradorligini oshirishda bir qancha kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi.
Fikrimizcha,
aksiyadorlik
jamiyatlari
moliyaviy
resurslar
boshqaruv
samaradorligini oshirish, shu bilan birga, uning moliyaviy barqarorligini
ta’minlashda asosiy muammolar sifatida quyidagilarni keltirib oʻtamiz:
1. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari kapitali boshqaruv samaradorligini
oshirishda uning kapitalini terminal qiymat usulida baholanmayotganligi, jumladan
aksiyadorlik jamiyatlari kapitalini samarali tashkil etishda leveraj koeffitsientlari
bilan
bir
qatorda
rentabellik
koeffitsientlaridan
foydalanishning
rivojlanmaganligidan dalolat bermoqda.
2. Kapitalning boshqaruv samaradorligini oshishirishda, mamlakatimiz
amaliyotida taraqqiy etgan mamlakatlar kabi kapital aktivlari modelidan (CAPM)
va kapitalning oʻrtacha tortilgan qiymati modeli (WACC) usullaridan keng
foydalanilmasligi.
3. Aksiyadorlik jamiyatlari qarz kapitalini baholashda rivojlangan
davlatlarning usullari hamda baholash mezonlaridan amaliyotda foydalanilmasligi,
shuningdek qarz kapitali bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy koeffitsentlarning mavjud
emasligi.
4. Aksiyadorlik jamiyatlari qarz kapitali va umumiy kapital oʻrtasidagi
muvozanatning mavjud emasligi, xususan, qarz kapitali hamda xususiy kapital bilan
bogʻliq boʻlgan muqobil muvozanatning aniq me’yori yaratilmaganligi.
5. Aksiyadorlik jamiyatlari kapitalini boshqaruv samaradorligini oshirishda
kapital bozorining yetarlicha rivojlanmaganligi, shuningdek, aksiyadorlik
jamiyatlari xususiy kapitalida davlat ulushining hajmi yuqoriligi bilan birga kapital
bozorida
davlatga
tegishli
boʻlgan
qimmatli
qogʻozlar
muomalasining
rivojlanmanganligi.
|
| |