|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 332/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
333
6. Aksiyadorlik jamiyatlari kapitalini boshqaruv samaradorligini oshirishda
uning kapital qiymati bogʻliq boʻlgan baholash jarayonining yagona milliy standarti
mavjud emasligi, jumladan, kapital qiymatini baholash jarayonida rivojlangan
mamlakatlar standartlaridan foydalanish amaliyotining mavjud emasligi.
Fikrimizcha yuqoridagi keltirilgan muammolarning yechimi va moliyaviy
resurslardan samarali foydalanishga doir quyidagilarni amalga oshirish zarur.
Birinchi muammo sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik
jamiyatlari kapitalini baholash jarayonida terminal qiymatni aniqlash usullaridan
foydalanilmaydi. Chunki, mamlakatimizda bir qancha rivojlanish dasturlari qabul
qilinayotgan boʻlib, ularning aksariyati oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan,
lekin shunga qaramasdan bu jarayonda yirik va strategik ahamiyatga ega
aksiyadorlik jamiyatlari terminal qiymat amaliyotidan ya’ni kelajakdagi pul
oqimlarini bashorat qilish orqali uning qiymatini aniqlash imkoniyatiga ega boʻlishi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari kapitali boshqaruv samaradorligini
oshirishda leveraj koeffitsientlarini hisoblash usulining mavjud emasligi riskni
aniqlash, jumladan, jamiyat aksiyalarining bozor riski darajasini oldindan hisoblash
va prognoz qilish imkoniyatini beradi. Xususan, leveraj koeffitsienti, aksiyadorlik
jamiyatlari qarz kapitali va undan kutilayotgan riskni inobatga olgan holda baholash
uchun xizmat qiladi. Umuman olganda, aksiyadorlik jamiyatlari kapitalini
boshqaruv samaradorligini oshirishda leveraj koeffitsientlaridan keng miqyosda
foydalanish amaliyoti maqsadga muvofiq boʻlib, uning natijasi oʻlaroq qarz kapitali
va undagi riskni inobatga olgan holda kompaniya kapitali baholanadi.
Ikkinchidan, mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlari kapitalini boshqaruv
samaradorligini oshirishda kapital aktivlari modeli (CAPM) va kapitalning oʻrtacha
tortilgan qiymati modeli (WACC) usullaridan hali hamon kam darajada
foydalanayotganligi. Rivojlangan mamlakatlar kapitaldagi xususiy kapitalning
miqdori va muvozanatini aniqlashda kapital aktivlarini baholash modelidan
(CAPM) keng miqyosda foydalaniladi. Aytish joizki, aksiyadorlik jamiyatlarining
moliyaviy menejerlari, moliyaviy tahlilchilari va investitsion tahlilchilari
aksiyadorlik jamiyatlari kapitalidagi moliyaviy investitsiyalarni baholash hamda
prognoz koʻrsatkichlarini aniqlashda bir qancha muhim imkoniyatlarni yaratadi.
Umuman olganda, CAPM modeli moliya sohasida keng qoʻllanilib, u kapitalning
oʻrtacha tortilgan qiymatini (WACC) hisoblashda juda muhim oʻrin ellaydi, chunki
CAPM kapital qiymatini baholaydi.
Uchinchidan, respublikamiz aksiyadorlik jamiyatlari kapitalining qarz kapitali
qismidagi kredit resurslari ulushi yuqori qiymatga ega boʻlsa, xususan, bu
koʻrsatkich
rivojlangan
mamlakatlar
aksincha
tarzda
boʻlib,
ya’ni
kompaniyalarining qarz kapitali tarkibida korporativ obligatsiyalar hisobiga jalb
qilingan mablagʻlar miqdorining yirikligi va ularining qarz kapitalidagi ulushi
yuqori darajada boʻlishi kuzatiladi. Bunga asos sifatida mamlakatimiz korporativ
obligatsiyalar bozorining yetarli darajada rivojlanmaganligi va buning evaziga
korporativ obligatsiyalar emissiyasi ham juda past darajada boʻlganlini namoyon
etadi.
|
| |