“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
405
Oʻzsanoatqurilishbank ATBda yashil kreditlar orqali qator yashil loyihalar
moliyalashtirilmoqda. Xususan, tarmoqlar
kesimida tahlil qilinsa, sanoat
korxonalarining ulushi yuqori ekanligini qayd etish lozim (1-rasm).
2-rasm. Yashil loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha belgilangan choralar
306
Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga oʻtish, yashil loyihalarni moliyalashtirish
imkoniyatlarini oshirish boʻyicha bir qator choralar koʻrilmoqda. Xususan,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy
yashil iqtisodiyot
taksanomiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 561-son Qaroriga muvofiq 2024-yil 1-
oktabrga qadar “yashil” obligatsiyalar va kreditlar,
shuningdek, boshqa manbalar
hisobidan moliyalashtiriladigan “yashil” turdagi loyihalarni
tasniflash tajriba
tariqasida Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi orqali amalga oshirilishi hamda
davlat moliyaviy koʻmagidan (subsidiyalar, grantlar, kredit liniyalari, kafolatlar va
boshqalardan) foydalangan barcha tadbirkorlik subyektlari,
shu jumladan, xususiy
va davlat ishtirokidagi xoʻjalik birlashmalarining investitsiyaviy
xarajatlari Milliy
yashil iqtisodiyot taksonomiyasi asosida tasniflanadi hamda ular tomonidan mas’ul
respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga ma’lumotlar taqdim etish tartibi joriy
etilishi belgilangan.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida (ustav
kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik
birlashmalarida
amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga yashil
iqtisodiyot masalalarini
muvofiqlashtirish vazifasi yuklanishi belgilangan. Yashil iqtisodiyot masalalarini
muvofiqlashtirish vazifasi yuklangan rahbar oʻrinbosarlari tomonidan quyidagi
chora-tadbirlar amalga oshirilishini qayd etish mumkin:
-
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi yoki xoʻjalik birlashmasi faoliyatiga
oid “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish;
-
tegishli soha va ishlab chiqarish tarmoqlarining tabiiy resurslardan barqaror
va samarali foydalanish tamoyillariga rioya etishini ta’minlash;
306
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy yashil iqtisodiyot
taksanomiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi 561-son Qarori. 25.10.2023.
https://lex.uz/docs/-6644013