“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
406
-
iqtisodiyot sohasining tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga
nisbatan
barqarorligini ta’minlash choralarini koʻrish;
-
iqtisodiyot tarmoqlarining “yashil” va kam uglerodli rivojlanishga qaratilgan
chora-tadbirlarini
amalga oshirish,
shu jumladan,
qayta tiklanuvchi energiya
manbalari va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish;
-
“yashil” innovatsiyalarni joriy etish va ushbu sohaga
investitsiyalarni jalb
qilish choralarini koʻrish;
-
tarmoq tashkilotlarining barqaror ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yaxshilash
maqsadida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan rejalarini
amalga oshirish va
rivojlantirish istiqbollari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
-
energiya va resurs samaradorligini oshirish hamda kam chiqindili mahsulotlar
ishlab chiqarish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori oʻrtasida
integratsiyani ta’minlash;
-
uzoq muddatli istiqbolda barqaror ish oʻrinlarini yaratish uchun “yashil”
iqtisodiyotga oʻtish davrida xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash,
shuningdek, ularning “yashil” oʻsish boʻyicha salohiyatini
oshirish va inson
kapitalini rivojlantirish.
Iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishda yashil
kreditlash amaliyotiga
ustuvorlik berish mamlakatda yangi moliyalashtirish shaklini kengaytirishga hamda
yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur jarayonda iqtisodiy
samaradorligi yuqori boʻlgan biznes loyihalariga e’tibor
qaratish yashil kreditlash
amaliyotining samaradorligini belgilab beradi.