|
IPOTEKA BOZORIDA BIZNES BOSHQARUVINI SAMARALI TASHKIL Pdf ko'rish
|
bet | 428/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plamiIPOTEKA BOZORIDA BIZNES BOSHQARUVINI SAMARALI TASHKIL
ETISHDA MOLIYALASHTIRISH YOʻNALISHLARI
A.Gapurov, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Ilmiy rahbar: S.Omonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti PhD
Hozirgi kunda respublikamizdagi deyarli barcha tijorat banklari oʻz mijozlariga
ipoteka kreditlarini taqdim etishmoqda. Oʻzbekistonda tijorat banklari tomonidan
uy-joy ipoteka kreditlarining berilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy
qurilishiga, uni rekonstruktsiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish
toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yuqoridagi
Nizom, "Ipoteka toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017 — 2021 yillarda qishloq
joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi
toʻgʻrisida” PQ-2639-son Qarori hamda 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020-
yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish
dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli Qaroriga
muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy
qurish, uni rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun ipoteka kreditlarini berish
tartibi belgilangan.
Aholiga ipoteka krediti banklar tomonidan toʻlovlilik, qaytarishlik,
ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlarga beriladi
317
:
‒
qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda
uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
‒
yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki
koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish;
‒
yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki
koʻp kvartirali uyni oʻzining mavjud uy-joyi yoki koʻp kvartirali uyiga
almashtirishga;
‒
boshqa banklar tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarini mijozlarga qulay
shartlarda qayta moliyalashtirish.
Ipoteka krediti:
‒
qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;
‒
ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz
317
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-iyundagi 13/8-son qaroriga
ILOVA, “Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risida”gi Nizom //
https://lex.uz/uz/docs/-
4915346
|
| |