|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 429/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
422
oluvchi mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi
kvartirani;
‒
qarz oluvchining mulki boʻlgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya
qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qoʻygan holda amalga oshiriladi.
Bank tomonidan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul
qilingandan soʻng
318
:
-
bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) oʻrtasida kredit
shartnomasi rasmiylashtiriladi;
-
qarz oluvchi oʻz hisobiga va kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda
sugʻurta tashkiloti bilan ipoteka obyektini tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish
shartnomasini tuzadi. Bunda sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofotini har yili
toʻlanishi nazarda tutilishi mumkin;
-
yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib
olishda belgilangan tartibda uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi;
-
Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq
ipoteka shartnomasi tuziladi. Ipoteka shartnomasi, shuningdek qonun asosida
vujudga kelgan ipoteka belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ipoteka krediti berishda bankning ipoteka bilan ta’minlangan majburiyati
boʻyicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Garov xati qarz oluvchi tomonidan tuziladi va ipoteka davlat roʻyxatidan
oʻtkazilgandan keyin, qarz oluvchi hamda bank ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi
organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka beriladi.
Bankning ipoteka krediti berish boʻyicha majburiyati qarz oluvchi tomonidan
bankka ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sugʻurta
qilish shartnomasini hamda sugʻurta polisini taqdim etgandan, shuningdek ipoteka
vujudga kelgandan keyin paydo boʻladi. Ushbu shart kredit shartnomasida belgilab
qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Bunda, yakka tartibdagi uy-joy qurish va qayta qurish uchun ajratiladigan
ipoteka kreditlari uchun qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilishi
mumkin.
Qarz oluvchiga ajratilgan ipoteka krediti summasi (shu jumladan, qarz
oluvchining bankdagi hisobvaragʻida shakllantirilgan mablagʻlari) bank tomonidan
shartnomaga muvofiq tegishli hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi.
Qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi tahlili qarz oluvchining daromadlari va
xarajatlari darajasini, ularni mavjud va keyingi kredit toʻlovlari bilan taqqoslash,
kredit tarixini oʻrganishi zarur, shuningdek bankining skoring tizimi asosida tahlil
amalga oshirilishi mumkin.
Kredit tarixini tahlil qilishda kredit byurosi yoki boshqa rasmiy manbalardan
ma’lumot olish orqali potensial qarz oluvchining ushbu bank yoki boshqa tijorat
banklari va kredit tashkilotlaridan ilgari olgan hamda joriy kreditlari va
mikroqarzlari boʻyicha toʻlov intizomini tekshirishni oʻz ichiga oladi.
318
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-iyundagi 13/8-son qaroriga
ILOVA, “Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risida”gi Nizom //
https://lex.uz/uz/docs/-
4915346
|
| |